SPETsIFIK EPILEPTIK SINDROMLAR
Spesifik epileptik sindromlarga turli vaziyatlar va maxsus omillar ta’sirida rivojlangan epileptik xurujlar kiradi. Ushbu xurujlarni maxsus konvulsogen omillar yuzaga keltiradi. Agar ular bo‘lmasa, epileptik xurujlar rivojlanmaydi. Shuning uchun ham bu xurujlar alohida guruhga ajratilgan. Aksariyat hollarda ularning etiologiyasi aniq bo‘ladi. Shu bois bu sindromlar etiologik tamoyilga asoslanib ajratilgan. Gipertermiya, o‘tkir intoksikatsiya, o‘tkir metabolik buzilishlar, o‘tkir gipoksiya, konvulsiyani yuzaga keltiruvchi dorilar, noketogen giperglikemiya, alkogolizm, hayz ko‘rish, fotosensitiv holatlar, piridoksin etishmasligi spetsifik epileptik sindromlarga olib keladi. Spetsifik epileptik sindromlarning klinik belgilari tarqalgan va fokal xurujlarga o‘xshab namoyon bo‘ladi.
Spetsifik epileptik sindromlarning asosiy turlari:
- Febril xurujlar.
- Piridoksin etishmovchiligi sababli rivojlangan epilepsiya.
- Menstrual epilepsiya.
- Senil epilepsiya.
- Fotosensitiv epilepsiya va h.k.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullaev. Epilepsiya. Toshkent., 2016., 128 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha