Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi SPILBERGER-XANIN SO‘ROVNOMASI

SPILBERGER-XANIN SO‘ROVNOMASI


(xavotir darajasini baholash uchun)

Ushbu so‘rovnoma reaktiv va shaxsiy xavotirni aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi. So‘rovnoma 40 ta savoldan iborat bo‘lib, 1 dan 20 gacha bo‘lgan savollar – reaktiv xavotir (RX), 21 dan 40 gacha bo‘lgan savollar – shaxsiy xavotir (ShX) darajasini baholash uchun tanlangan. So‘rovnomani to‘ldirishga 10 daqiqa vaqt ketadi. 

                                                  So‘rovnoma blanki

Ism-sharifi___________________________  Tekshiruv         sanasi______
Ko‘rsatma. Quyida keltirilgan har bir jumlani diqqat bilan o‘qing va aynan hozirgi paytda o‘zingizni qanday his qilayotgan bo‘lsangiz, shunga mos javoblarni belgilang. Savollar ustida uzoq o‘ylanmang va xayolingizga kelgan birinchi javob katagiga “+” belgisini qo‘ying.


#
     Savollar. Vaziyatlar
Aslo unday emas
Balki shunday
dir

To‘g‘ri     
 Juda  to‘g‘ri      
1.
Men tinchman




2.
Menga hech narsa xavf solmaydi                




3.
Mening asablarim taranglashgan




4.
Men afsus chekyapman




5.
Men o‘zimni erkin his etyapman




6.
Men xafaman    




7.
Meni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklar qiynayapti




8.
Men ruhiy xotirjamlikni his qilyapman




9.
Men xavotirdaman




10.
Men ichki qoniqishni his qilyapman




11.
Men o‘zimga ishonaman




12.
Men asabiylashyapman




13.
O‘zimni qo‘yishga joy topa olmayapman    





14.
Mening asablarim tarang    




15.
Men tanglikni his qilmayapman, siqilmayapman




16.
Men mamnunman




17.
Men tashvishdaman




18.
Asablarim juda qo‘zg‘algan va o‘zimni nazorat qila olmayapman                





19.
Men xursandman




20.
Kayfiyatim chog‘    




 Blankning old tomoni (reaktiv xavotir)

#
Savollar.Vaziyatlar
Xech kachon
Deyarli Xech kachon
Tez-tez
Deyarli xar doim
21.
Doim ko‘tarinki kayfiyatda yuraman                




22.
Mening jahlim chiqib turadi




23.
Mening xafa bo‘lishim oson    




24.
Men ham xuddi boshqalar kabi omadli bo‘lishni xohlardim




25.
Men ko‘ngilsizliklardan qattiq siqilaman va uzoq vaqt unuta olmay yuraman




26.
Men kuch-quvvat yog‘ilib kelishini his qilaman va ishga sho‘ng‘igim keladi                





27.
Men tinchman, sovuqqonman va o‘zimni yig‘ib olganman




28.
Meni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar xavotirga soladi




29.
Men arzimagan narsalarga ham juda siqilaveraman.        




30.
Menda o‘ta baxtiyorlik onlari bo‘lib turadi




31.
Men hamma narsani yuragimga yaqin olaveraman    




32.
Menda o‘zimga ishonch etishmaydi




33.
Men o‘zimni himoyasizdek his etaman




34.
Men o‘ta og‘ir vaziyatlar va qiyinchiliklardan chetroq yurishga harakat qilaman




35.
Men o‘zimni ma’yus his etaman




36.
Mening ko‘nglim shod bo‘lib turadi




37.
Arzimagan narsalar mening fikrimni chalg‘itadi va hayajonga soladi




38.
Men o‘zimni omadsizdek his qilib turaman            




39.
Men vazmin odamman




40.
Ishlarim va rejalarim haqida o‘ylasam, meni kuchli xavotir egallab oladi    






        

Reaktiv xavotir ham, shaxsiy xavotir ham ushbu kalit orqali baholanadi. Unda savollar (vaziyatlar) raqami, javoblar varianti va ularga qo‘yiladigan ballar gradatsiyasi keltirilgan. Ushbu kalit psixologning qo‘lida bo‘ladi.
Spilberger-Xanin so‘rovnomasi kaliti










RX
Javoblar 
ShX
Javoblar 
#
Aslo unday emas    

Balki shunday-dir
To‘g‘ri
Juda to‘g‘ri
#
Hech qachon
Deyarli hech qachon
Tez-tez
Deyarli har doim
Reaktiv xavotir
Shaxsiy xavotir
1
4
3
2

1
21
4
3
2

1
2
4
3
2

1
22

1
2
3
4
3

1
2
3
4
23

1
2
3
4
4

1
2
3
4
24

1
2
3
4
5
4
3
2

1
25

1
2
3
4
6

1
2
3
4
26
4
3
2

1
7

1
2
3
4
27
4
3
2

1
8
4
3
2

1
28

1
2
3
4
9

1
2
3
4
29

1
2
3
4
10
4
3
2

1
30
4
3
2

1
11
4
3
2

1
31

1
2
3
4
12

1
2
3
4
32

1
2
3
4
13

1
2
3
4
33

1
2
3
4
14

1
2
3
4
34

1
2
3
4
15
4
3
2

1
35

1
2
3
4
16
4
3
2

1
36
4
3
2

1
17

1
2
3
4
37

1
2
3
4
18

1
2
3
4
38

1
2
3
4
19
4
3
2

1
39
4
3
2

1
20
4
3
2

1
40

1
2
3
4



        Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisoblash
∑1 –  3, 4, 6, 7, 9, 12, 13, 14, 17, 18 raqamlar yig‘indisi;
 ∑2 – 1, 2, 5, 8, 10, 11, 15, 16, 19, 20 raqamlar yig‘indisi. 
                    Quyidagi formula 
RX = ∑1 – ∑2 + 50
bo‘yicha reaktiv xavotir (RX) darajasi aniqlanadi.
Xuddi shunday tarzda shaxsiy xavotir (ShX) darajasi aniqlanadi:
ShX = ∑1 – ∑2 + 35
∑1 – 22, 23, 24, 25, 28, 29, 31, 32, 34, 35, 37, 38, 40 raqamlar yig‘indisi;
∑2 – 21, 26, 27, 30, 33, 36, 39 raqamlar yig‘indisi. 
     Ikkala xavotir uchun ballar gradatsiyasi: 
       Engil – 30 balgacha; 
       O‘rta  –  31–45 ball; 
       Kuchli – 46 va undan yuqori ball.
     To‘plangan ballar yig‘indisi 20 dan 80 ballgacha bo‘lishi mumkin. Qancha ko‘p ball to‘plansa, xavotir (reaktiv va shaxsiy) darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Yuqori darajadagi xavotir (> 46) – yuqori darajadagi ichki ziddiyatlar va psixoemotsional buzilishlar xosilasidir. Bunday shaxslar, albatta, psixoterapevt (psixolog) yordamiga muhtoj. Psixolog xavotir sabablarini aniklaydi va psixoterapevtik muolajalar orqali ushbu insonda normal shaxs uchun xos bo‘lgan xususiyatlar, ya’ni o‘ziga ishonch, sobitqadamlik, muammoni xotirjam hal qilishni shakllantiradi.
Past darajadagi xavotir (<12) – apatiya, depressiya va so‘ngan motivatsiya alomatidir. Ba’zida inson o‘zida mavjud bo‘lgan xavotirni siqib chiqarish uchun yoki o‘zi haqidagi xulosani “ijobiy ko‘rsatish” maqsadida javob variantlarini o‘zgartirib belgilaydi. Umuman olganda o‘ta past darajadagi xavotirga ega shaxslarda motivatsiya o‘ta sust bo‘ladi, ular mas’uliyatsiz bo‘lishadi. Shu bois bunday shaxslar hayotda o‘z o‘rnini topib ketishda, turli qarorlar qabul qilishda va faol ishlash talab etiladigan joylarda birmuncha qiynalib qolishadi. Shuning uchun ham ular psixolog ko‘rigiga muhtoj hisoblanadi. Psixolog ularda motivatsiyani tiklash yoki jonlantirish, “Men” ongini shakllantirish ustida ish olib boradi.
Engil va o‘rta darajadagi xavotir (masalan, 20-40 ball) –  har qanday faol hayot kechiruvchi inson uchun xos bo‘lgan ko‘rsatkich. Demak, bu patologiya emas. Engil va o‘rta darajadagi xavotir tabiiy hol bo‘lib, bunday shaxslarga psixoterapevtik yordam zarur bo‘lmaydi. Aksincha, xavotirning o‘ta pastligi psixologga uchrash zarurligini ko‘rsatadigan vaziyatdir.
Reaktiv xavotir – insonni shu kunlarda xavotirga solayotgan vaziyatlarni baholab beruvchi holat bo‘lib, atrofda bo‘layotgan voqealarga uning munosabatini belgilaydi. Vaziyat o‘zgarsa, xavotir darajasi ham o‘zgaradi. Shu bois ham reaktiv xavotir o‘zgaruvchandir.
Shaxsiy xavotir – har qanday insonning xavotirga bo‘lgan moyilligini aks ettiruvchi va uning individualligini belgilab beruvchi xususiyat. Inson xayotiga tahdid soluvchi xavfli omillar shaxsiy xavotirda aks etadi. Shaxsiy xavotir reaktiv xavotirga qaraganda turg‘un bo‘lib, uning yordamida shaxs tiplariga ham oydinlik kiritish mumkin.




Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc





Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив