Sfenoidal yoriq sindromi (Jakob-Negri sindromi)
Kalla suyagi bo‘shlig‘idan yuqori ko‘z yorig‘i (sfenoidal yoriq) orqali ko‘z kosasiga kiruvchi III, IV va VI nervlar hamda r. ophthalmicusning birgalikda zararlanishiga sfenoidal yoriq sindromi deb aytiladi. Kasallik belgilari bir tomonda kuzatiladi. Jakob-Negri sindromi burun-halqum sohasidan o‘rta kranial chuqurchaga o‘sib kirgan o‘smalar yoki bira-to‘la sfenoidal yoriq sohasida o‘sgan o‘smada, ichki uyqu arteriyasining kavernoz qismi anevrizmasida paydo bo‘ladi. Ushbu sindromning asosiy belgilari – zo‘rayib boruvchi oftalmoplegiya, ekzoftalm va peshona sohasida kuzatiluvchi trigeminal og‘riqlar.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik.Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha