Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Subaraxnoidal tsisternalar

Subaraxnoidal tsisternalar


Subaraxnoidal bo‘shliq kengaygan joylarga tsisternalar (cisternae subarachnoideae) deyiladi. Yirik va kichik tsisternalar farqlanadi (13.4-rasm).


Quyidagi tsisternalar farqlanadi:

  1. Katta tsisterna (cisterna magna) – miyacha bilan uzunchoq miya orasida joylashgan. Shuning uchun uning yana bir nomi - cisterna cerebello-oblongata.
  2. Lateral tsisterna (cisterna fossae lateralis) – Silviy yorig‘i sohasida joylashgan.
  3. Xiazmal tsisterna (cisterna chiasmatis) chiazma opticum dan oldinda joylashgan.
  4. Oyoqlararo tsisterna (cisterna interpeduncularis) – miya oyoqlari orasida joylashgan.
  5. Ko‘prik tsisternasi (cisterna prepontinus) – Varoliy ko‘prigidan oldinda joylashgan.
  6. To‘rttepalik tsisternasi (cisterna quadrigeminalis) – to‘rttepalik sohasida joylashgan.

Barcha tsisternalar subaraxnoidal bo‘shliqlar orqali o‘zaro bog‘langan va shu bois likvor hech qanday to‘siqsiz aylanib yuradi. Shuningdek, qorinchalar ham likvor yo‘llari va teshiklari orqali tsisternalar bilan bog‘langan. Masalan, IV qorinchaning Majandi (medial) va Lyushko (lateral) teshiklari cisterna magna ichiga ochiladi. Cisterna magna katta ensa teshigi orqali orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘iga bevosita davom etadi.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив