Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi SUVChEChAKDA ENTsEFALIT

SUVChEChAKDA ENTsEFALIT


Etiologiyasi. Suvchechakni Herpesviridae oilasiga mansub varicella zoster virusi chaqiradi. Bu entsefalit yosh bolalarda ko‘p kuzatiladi.

Klinikasi. Suvchechakda markaziy nerv sistemasining zararlanishi meningoentsefalit, entsefalit va entsefalomielit ko‘rinishida kechadi. Nevrologik buzilishlar kasallikning 5–8-kunlari boshlanadi. Entsefalit gemi­parez, giperkinezlar, miya ustuni va miyacha simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Entsefalitik simptomlar boshlanishidan oldin, odatda, meningitga xos belgilar, ya’ni meningeal simptomlar, epileptik xurujlar, psixomotor qo‘zg‘alishlar yuzaga keladi.

Umuman olganda, postekzantem (qizilcha, qizamiq, suvchechak) entsefalitlar klinikasi, kechishi, davolash usullari va prognozi deyarli bir xildir. Ular faqat etiologik jihatdan farq qiladi, xolos.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив