Tibbiyot psixologiyasi
Tibbiyot psixologiyasi - bemor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir.
Tibbiyot psixologiyasi, tom ma’noda olganda, bemor psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Lekin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab bera olmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallikni keltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni o‘rganadi hamda, ularning sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir.
Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimi shaxsi, ular orasidagi o‘zaro munosabatlar; 2) psixoprofilaktika, psixogigiena va deontologiya muammolari; 3) shifokor siri va etikasi; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiy-psixologik muammolar; 5) sezgi, idrok, diqqat, xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong; 6) psixodiagnostika; 7) psixosomatik sindromlar; 8) turli kasalliklarda bemorlar psixologiyasi; 9) psixofarmakoterapiya; 10) psixoreabilitatsiya tamoyillarini.
Ва биринчи бўлиб билинг!