Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi OKULOFARINGEAL MIODISTROFIYa

OKULOFARINGEAL MIODISTROFIYa


Nasldan-naslga autosom-dominant tipda o‘tadi. Genetik nuqson 14-xromosomada (14q11.2–q13) joylashgan. Kasallik o‘rta yoshlarda boshlanadi. Dastlab ko‘z atrofidagi muskullar ozadi va yarimptoz rivojlanadi. Keyinchalik ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar butunlay falajlanadi. Shuningdek mimik va bulbar muskullar ham zararlanadi. Kam hollarda qo‘l va oyoqlarning proksimal muskullari atrofiyaga uchraydi. Qonda KFK miqdori oshadi. EMG da muskullarning birlamchi atrofiyasi aniqlanadi. Kasallikni miasteniya va miotonik distrofiyalar bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив