OKULYaR MIOPATIYa (GREFE OFTALMOPLEGIYaSI)
Tashqi oftalmoplegiya belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Autosom-dominant tipda nasldan-naslga o‘tadi. Kasallik, asosan, bolalik va o‘smirlik davrida, kam hollarda 20–30 yoshlarda rivojlanadi. Dastlab ikki tomonlama ptoz paydo bo‘ladi, keyinchalik ko‘zlarni yuqoriga va boshqa tomonlarga harakatlantiruvchi muskullar falajlanadi. Aksariyat hollarda ko‘zni ichkariga harakatlantiruvchi muskullar zararlanmay qoladi. Diplopiya kuzatilmaydi. Ba’zida ko‘zning aylana muskuli, peshona va chaynov muskullari falajlanadi. KFK miqdori biroz oshadi. Qiyosiy tashxis miasteniyaning ko‘z turi bilan o‘tkaziladi. Antixolinesteraz vositalar yordam bermaydi.
Professor Zarifboy Ibodullaev
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha