Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Orqa miya qanday tuzilgan?

Orqa miya qanday tuzilgan?


Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashgan. Uning uzunligi o‘rtacha 42-44 sm ga teng. Yo‘g‘onligi 2 sm atrofida! Orqa miya yo‘g‘onligi har kimning bosh barmog‘i yo‘g‘onligi qanday bo‘lsa, uning orqa miyasi yo‘g‘onligi ham shunday yoki sal katta. Insonning qo‘l va oyoqlari bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlarini amalga oshirishda ushbu ingichka orqa miyaning o‘rni beqiyos.

Qo‘l-oyoqlar va tanamizga ko‘rsatilgan har qanday yaxshi va yomon signallar dastlab orqa miyaga boradi. U erdan esa bosh miyaga uzatiladi. Masalan, biz qo‘limizni bexosdan qaynoq narsaga tegizsak, o‘ylab o‘tirmasdan uni darrov tortib olamiz. Bu reaktsiya bir soniyaga ham etmaydi. Chunki nerv tolalari bo‘ylab impuls bir soniyada 50-60 m tezlikda harakatlanadi. Sizning qo‘lingiz necha sm? Endi u yog‘ini o‘zingiz hisob­layvering. Tizzaga nevrologik bolg‘acha bilan urganda oyoq qisqarishini hammamiz bilamiz. Refleks – bu turli tashqi ta’sirlarga organizmning javob reaktsiyasi degani.

Refleks qanday paydo bo‘ladi? Tashqi signal terida joylashgan retseptorlar orqali qabul qilinadi va sezgi tolalari bo‘ylab orqa miyaga etib keladi. Bu erda sezgi impulslari harakat impulslariga aylanadi. Harakat impulslari harakat tolalari bo‘ylab qo‘llardagi muskullarga etib keladi va Siz qo‘lingizni darrov tortib olasiz. Insonning barcha faoliyati reflektor faoliyatdir. Buni isbotlab bergan Pavlov Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив