NEVROZLAR


«Nevroz» atamasi 1776 yili shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif etilgan. O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif berilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘tarilmaydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada lat egan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning asabi buzilgan bo‘ladi. Keyinchalik nevrozga turlicha ta’riflar berildi va uning bir qancha tasniflari yaratildi.

Barcha asab kasalliklari organik va funktsi­onal turlarga ajratiladi. Nerv to‘qimalarida morfologik o‘zgarishlar bilan kechuvchi kasalliklarga organik, asab sistemasi funktsiyasi buzili-shi bilan kechuvchi kasalliklarga funktsional ka­salliklar deb aytiladi. Hozirgi kunda nevrozlarga asab sistemasining funktsional kasalligi sifatida qaraladi. Ba’zi olimlar bu fikrga qo‘shilishmaydi va nevrozlarda aniqlangan turli metabolik va engil organik buzilishlarni bunga misol qilib ko‘rsatishadi. Ularning fikricha, en­gil organik simptomlar nevrozlar uchun ham xos. Biroq bu organik va metabolik buzilishlar nevroz sababli paydo bo‘lganmi yoki avval o‘tkazilgan kasallik yoki metabolik sindromlar asoratimi, bunga aniq javob berish ancha mushkul.

  

Shunday qilib, nevrozga qanday ta’rif berish mumkin? Nevroz asab sis­temasining funktsional kasalligi bo‘lib, odamga ruhiy jarohat etkazuvchi tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. Demak, nevroz psixogen kasallik. Nevrozda aniq ifodalangan morfologik buzilishlar bo‘lmasa-da, uning aksariyat turlarida vegetativ belgilar kuzatiladi. Nevroz belgilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan qat’i nazar, bemorlarni samarali davolash mumkin. Biroq bu jarayon ba’zan uzoq muddatga cho‘ziladi.

Nevrozning 3 turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya, miyadan ketmaydigan fikrlar.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив