Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Nevrologik statusni tekshirish

Nevrologik statusni tekshirish


Nevrostatusni tekshirish nevrologik tashxisning eng muhim bosqchilaridan biridir. Dastlab bemorning psixoemotsional holati va neyropsixologik status o‘rganiladi. So‘ngra kranial nervlar, harakat va reflektor faoliyat, sezgi, muvozanat va koordinatsiya sistemalari, meningeal simptomlar tekshiriladi. Nima uchun dastlab bemorning psixoemotsional holati o‘rganiladi? Chunki shu bilan bira-to‘la bemorning shaxsi, hulq-atvori, hissiyoti, muloqotga loyiq yoki noloyiqligi aniqlab olinadi. Neyropsixologik tekshiruvlar orqali esa oliy ruhiy funktsiyalar (nutq, xotira, gnozis, praksis, tafakkur) o‘rganiladi.

UAV ushbu tekshiruvlarni o‘tkaza turib, bemorning keyingi jiddiy nevrologik tekshiruvlarga naqadar tayyor ekanligini chamalab olinadi.

Psixoemotsional funktsiyalar deganda, ong, hissiyot, shaxs, temperament va xarakter tushuniladi. Tajribali vrach bemorning psixoemotsional holatini uning shikoyatlari va anamnezini o‘rganayotib baholaydi. Zarur holatlarda kichik xajmli (20-40 savolli) psixologik testlar qo‘llaniladi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив