Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi NEVROLOGIK VA PSIXOLOGIK ShKALALAR

NEVROLOGIK VA PSIXOLOGIK ShKALALAR


 Nevrologiya amaliyotida keng qo‘llaniladigan shkalalarni keltirib o‘tamiz. Miya insulti bilan bog‘liq prognostik, diagnostik va klinik shkalalar ko‘pdir. Ma’lumki, miya insulti o‘tkir rivojlanadi va bu vaziyat vrachdan zudlik bilan tashxis qo‘yish va davolash muolajalarini boshlashni taqozo etadi. Chunki "terapevtik darcha" davrida ko‘rsatilgan yordam juda katta ahamiyatga ega. Aksariyat shkalalar esa katta hajmli bo‘lib, urgent holatlarda ulardan foydalanib, xulosa chiqarishga ko‘p vaqt ketadi. Bir qancha shkalalar esa nevrologik ilmga ega bo‘lishni taqozo etadi. Shularni e’tiborga olib, biz insult rivojlanish xavfini aniqlashning oddiy shkalasini ishlab chiqdik (Ibodullaev Z.R., 2013). Bu shkaladan turli toifadagi vrachlar har xil vaziyatlarda foydalanishlari mumkin. Dastlab ushbu shkalani keltirib o‘tamiz.

INSULT RIVOJLANISh XAVFINI ANIQLASh ShKALASI

 

#

SAVOLLAR

JAVOBLAR Ha – 1 ball, Yo‘q – 0 ball

1.

Arterial qon bosimi oshdimi?

 

2.

Bosh og‘rig‘i o‘tkir paydo bo‘ldimi?

 

3.

Bir tomonlama o‘tkir amavroz yoki ambliopiya ro‘y berdimi?

 

4.

O‘tkir bosh aylanishi kuzatildimi?

 

5.

Hushini yo‘qotdimi yoki hushn hozirda buzilganmi?

 

6.

Tananing bir tomonida uvishish yoki holsizlik paydo bo‘ldimi?

 

7.

Nutq to‘satdan buzildimi?

 

8.

Meningeal simptomlar bormi?

 

9.

Yurak-qon tomir kasalliklari bormi?

 

10.

Uyqu arteriyalari auskultatsiyasida shovqin bormi?

 

        To‘plangan umumiy ball:

 

 

Baholash mezoni

0 – 3 ball – insult rivojlanish xavfi past;

4 – 6 ball – insult rivojlanish xavfi o‘rtacha;

7 – 10 ball – insult rivojlanish xavfi yuqori yoki insult ro‘y berdi.

 

Insult rivojlanish xavfini aniqlash shkalasi 10 ta savoldan ibo­rat bo‘lib, ularning qay darajada mavjudligi insult rivojlanish xavfi­ni belgilab beradi. Shkala faqat ikki xil javob varianti, ya’ni "ha" va "yo‘q" javoblaridan iborat. "Ha" javobi 1 ball, "yo‘q" javobi 0 ball bilan belgilangan. "Ha" javoblari soni ko‘paygan sayin, ballar yig‘indisi ham osha boradi. Ballar yig‘indisi 7 balldan oshsa, bemorda insult rivojlanish xavfi juda yuqori hisoblanadi yoki bu kasallik rivojlangan bo‘ladi. Yurak­qon tomir kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorda to‘satdan ro‘y berib o‘tib ketgan har bir monosimptom TIA rivojlanganidan dalolat berishi mumkin. Bu shkala yordamida nafaqat insult rivojlanish xavfi, balki ro‘y bergan TIA ham aniqlanadi. Demak, bu shkala ro‘y bergan TIA ni aniqlash va undan statistik maqsadlarda foydalanish imkonini ham beradi.

 

ORGOGOZO  ShKALASI

 

BELGILAR

IFODALANISh DARAJASI

BALL

BEMORNINGHUShI

 

 

 

Koma

0

Sopor

5

Uyquchan

10

buzilmagan

15

SO‘ZLASh QOBILIYaTI

 

 

to‘la buzilgan

0

Qiyin

5

buzilmagan

10

NIGOH FALAJI

 

 

To‘la

0

engil yoki o‘rtacha

5

Yo‘q

10

MIMIKA (YuZ HARAKATLARI)

to‘la falajlik

0

engil falajlik

5

QO‘LNI KO‘TARISh (HARAKATGA

KELTIRISh)

mutlaq buzilgan

0

chegaralangan

5

bemalol

10

QO‘L PANJASI HARAKATLARI

mutlaq buzilgan

0

keskin chegaralangan

5

engil chegaralangan

10

to‘la saqlangan

15

QO‘LDA MUSKULLAR TONUSI

oshgan yoki yo‘qolgan

0

o‘zgarmagan

5

OEQNI KO‘TARISh (HARAKATGA

KELTIRISh)

mutlaq buzilgan

0

keskin chegaralangan

5

qarshilik bor

10

bemalol

15

OYoQ PANJASINI TEPAGA

BUKISh

 

buka olmaydi

0

chegaralangan

5

qarshilik bor yoki buka oladi

10

OYoQDA MUSKULLAR TONUSI

oshgan yoki yo‘qolgan

0

o‘zgarmagan

5

To‘plangan umumiy ball

 

Orgogozo shkalasi o‘tkir insultning og‘irlik darajasini baholash uchun qo‘llaniladi.

Orgogozo shkalasi bo‘yicha baholash mezonlari:

25 balldan past - o‘ta og‘ir insult;

26–40 ball – og‘ir insult;

41-64 ball – o‘rta darajadagi insult; 65–80 ball – «engil» insult.

   

SKANDINAVIYa  ShKALASI

 

BELGILAR

IFODALANISh DARAJASI

BALL

HUShI

 

 

 

 

to‘la saqlangan

6

somnolentsiya

4

Sopor

2

koma

0

ORIENTATsIYa

 

 

 

 

o‘zini, vaqtni va joyni anglaydi

6

uchtasidan ikkitasi saqlangan

4

uchtasidan bittasi saqlangan

2

orientatsiya yo‘q

0

NUTQI

 

 

 

 

saqlangan

10

so‘zlash yoki tushunish biroz buzilgan

6

so‘zlash yoki tushunish o‘rta darajada buzilgan

3

so‘zlash yoki tushunish keskin buzilgan

0

KO‘Z HARAKATLARI

 

 

 

nigoh falaji yo‘q

4

nigoh falaji bor

2

nigoh to‘la falajlangan

0

YuZ NERVI FALAJI

 

 

yo‘q

2

bor

0

YuRIShI

 

 

 

 

 

yordamsiz 5 metrdan ko‘pga yuradi

12

tayoqcha yordamida harakatlanadi

9

birov yordamida harakatlanadi

6

tayanchsiz o‘tiradi

3

to‘shakka "mixlangan"

0

QO‘L KUChI

 

 

 

 

saqlangan

6

pasaygan

5

qo‘lini tirsakda bukilgan holatda ko‘taradi

4

biror narsaga tayanib ko‘taradi

2

qo‘l to‘la falajlangan

0

QO‘L PANJALARI KUChI

 

 

 

 

to‘la saqlangan

6

pasaygan

4

barmoqlarni musht qilib buka olmaydi

2

to‘la falajlangan

0

OYoQ KUChI

to‘la saqlangan

6

 

 

tizza bo‘g‘imida bukmasdan ko‘tara oladi

5

 

 

tizza bo‘g‘imida bukib ko‘taradi

4

 

 

biror narsaga tayanib ko‘taradi

2

 

 

oyoq to‘la falajlangan

0

OYoQ PANJALARI KUChI

falajlik yo‘q

2

 

 

Falajlangan

0

      To‘plangan umumiy ball

 

 

Skandinaviya shkalasi insultning o‘tkir davrida funktsiyalarning tiklanish darajasini baholash uchun qo‘llaniladi.

 

Skandinaviya shkalasi bo‘yicha baholash mezonlari(ball):

50 dan kam – minimal tiklanish;

50–75 – qoniqarli tiklanish;

76–95 – etarli darajada tiklanish;

 95 dan yuqori – to‘la tiklanish.

 

NIHSS shkalasi

 

SIMPTOMLAR (BELGILAR)

SIMPTOMLAR (BELGILAR) IFODALANISh DARAJASI

BALLAR

HUShI

Saqlangan

0

Somnolentsiya

1

Sopor

2

Koma

3

SAVOLLARGA JAVOBLAR

chalkashmasdan javob beradi

0

biroz chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli)

1

to‘la chalkashadi (shu jumladan, afaziya sababli)

2

KO‘RSATMALARNI BAJARISh

to‘g‘ri bajaradi

0

adashib bajaradi

1

noto‘g‘ri bajaradi

2

AGNOZIYa

yo‘q

0

engil ifodalangan

1

kuchli ifodalangan

2

NIGOH FALAJI

yo‘q

0

engil nigoh falaji

1

to‘la nigoh falaji

2

KO‘RUV MAIDONI

buzilmagan

0

kvadrant gemianopsiya

1

to‘la gemianopsiya

2

MIMIK

MUSKULLAR

FALAJLIGI

yo‘q

0

engil

1

qisman

2

to‘la

3

QO‘L HARAKATI

falajlik yo‘q

0

engil falajlik

1

o‘rta darajadagi falajlik

2

og‘ir falajlik

3

plegiya

4

OYoQHARAKATI

 

falajlik yo‘q

0

engil falajlik

1

o‘rta darajadagi falajlik

2

og‘ir falajlik

3

plegiya

4

ATAKSIYa

 

yo‘q

0

bir tomonda

1

ikkala tomonda

2

SEZGI

buzilmagan

0

gipesteziya

1

anesteziya

2

DIZARTRIYa

 

yo‘q

0

engil

1

anartriya

2

AFAZIYa

yo‘q

0

engil

1

og‘ir

2

total

3

 

NIHSS (National Institute of Health Stroke Scale) shkalasi miya insultida klinik simptomlar darajasini ob’ektiv baholash uchun keng qo‘llaniladi. Bu shkala yordamida insult ro‘y bergan bemorning hushi, ko‘rish, harakat va sezgi sistemasi, koordinator buzilishlar, gnozis va nutq funktsiyalari holati baholanadi. Baholash 0 dan 4 ballgacha bo‘lib, ballar yig‘indisi oshishi klinik simptomlar og‘irligini ko‘rsatadi. Ballar yig‘indisi qancha kam bo‘lsa, bemorning ahvoli shuncha yaxshi, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha og‘ir hisoblanadi.

Ballar gradatsiyasi:

0 - qoniqarli holat;

3-8 - engil darajadagi nevrologik buzilishlar;

9-12 - o‘rta darajadagi nevrologik


buzilishlar;

13-15 - og‘ir darajadagi nevrologik buzilishlar;

16-34 - o‘ta og‘ir nevrologik buzilish yoki koma.

 

Ballar yig‘indisiga qarab, kasallik prognozini ham baholash mumkin. Ballar yig‘indisi 10 dan kam bo‘lsa - prognoz yaxshi, 20 dan oshiq bo‘lsa -prognoz yomon.

 

RENKIN ShKALASI

 

Renkin shkalasi ham xuddi Bartel shkalasi kabi insult o‘tkazgan bemorlarda funktsional tiklanish holatini baholash uchun qo‘llaniladi. Ballar gradatsiyasi 0 dan 6 ballgacha belgilangan. Bemorning ahvoli yomonlasha borsa, ballar yig‘indisi ham osha boradi. Bu shkalani kasallikning o‘tkir davrida ham, tiklanish davrida ham qo‘llash mumkin. Uni bir necha bor o‘tkazish insult dinamikasini to‘g‘ri baholashga yordam beradi.

 

RENKIN ShKALASI

 

#

FAOLIYaT

FAOLIYaT TAVSIFI

BALL

1

Simptomlar yo‘q

 

0

2

Simptomlar mavjud bo‘lsa-da, kundalik faoliyati buzilmagan

Kundalik yumushlarni bemalol bajarishi mumkin.

1

3

Kundalik faoliyati engil darajada buzilgan

Kundalik yumushlarni bajarishda birmuncha qiynaladi, biroq o‘zga yordamga muhtoj emas

2

4

Kundalik faoliyati sezilarli darajada buzilgan

Kundalik yumushlarni bajarishda o‘zga yordamga muhtoj, biroq o‘zi yura oladi.

3

5

Kundalik faoliyati og‘ir darajada buzilgan

Kundalik yumushlarni bajara olmaydi, yura olmaydi.

4

6

Kundalikfaoliyati kuchli darajada buzilgan

Bemor "to‘shakka mixlanib" qolgan. Siydik va najas tuta olmaydi, doimiy parvarishga muhtoj.

5

7

O‘lim

 

6

 

BARTEL ShKALASI

 

FAOLIYaT TURI

ShARTLAR

BALLAR

OVQATLANIShI

 

 

Mustaqil

10

birovning yordami bilan

5

yordamga butunlay muhtoj

0

VANNADA ChO‘MILIShI

 

Mustaqil

5

yordamga butunlay muhtoj

0

YuZINI YuVISh, SOQOL OLISh, TISh YuVISh, SOCh TARASh

Mustaqil

5

yordamga butunlay muhtoj

0

KIYINISh

 

 

Mustaqil

10

yordam bilan

5

yordamga butunlay muhtoj

0

DEFEKATsIYa NAZORATI

 

 

to‘la nazorat qiladi

10

ba’zan nazorat qila olmaydi

5

umuman nazorat qila olmaydi

0

SIYIShNI NAZORAT

QILISh

to‘la nazorat qiladi

10

ba’zan nazorat qila olmaydi

5

umuman nazorat qila olmaydi

0

TUALETDAN

FOYDALANISh

mustaqil

10

yordam bilan

5

yordamga butunlay muhtoj

0

KURSIDAN KAROVATGA O‘TISh YoKI KAROVATDAN TURIB KURSIGA O‘TISh

 

mustaqil

15

biroz yordam bilan

10

o‘tirishi mumkin, biroq o‘tishi uchun yordam kerak

5

umuman iloji yo‘q

0

YuRISh

 

 

50 metrga mustaqil

15

50 metrga yordam bilan

10

50 metrga nogironlik aravasida

5

umuman yura olmaydi

0

ZINADAN KO‘TARILISh

 

 

Mustaqil

10

yordam bilan

5

umuman iloji yo‘q

0

          To‘plangan umumiy ball

 

  

    Baholash mezoni

 

0-45 ball – og‘ir nogironlik (faoliyatning keskin chegaralanganligi yoki to‘la buzilishi);

50-70 ball – o‘rta darajali nogironlik (faoliyatning o‘rta darajada chegaralanganligi);

75-100 ball – faoliyatning engil darajada chegaralanganligi yoki saqlanganligi.

 

XAChINSKI  ShKALASI, 1974

 

Xachinski shkalasi tserebral atrofiya (masalan, Alsxaymer kasalligi) sababli rivojlangan dementsiyani vaskulyar etiologiyali dementsiyadan farqlash uchun qo‘llaniladi.

 

XAChINSKI ShKALASI

 

BELGILAR (SIMPTOMLAR)

BALLAR

Simptomlarning to‘satdan paydo bo‘lishi

2

To‘lqinsimon kechishi

1

*Flyuktuatsiya mavjudligi

2

Tungi somnolentsiya, karaxtlik

2

Shaxs xususiyatlari nisbatan saqlanib qolganligi

1

Depressiya

1

Somatik shikoyatlar

1

Emotsional labillik

1

Arterial gipertenziya (anamnezda yoki hozirda)

1

Anamnezda insult o‘tkazganligi

2

Ateroskleroz belgilari va asoratlari (miokard infarkti va h.k.)

1

Ob’ektiv nevrologik simptomlar (afaziya, gemiparez)

2

Sub’ektiv nevrologik simptomlar

2

 

*Lotinchadan fluctuatio - "to‘lqinsimon" degan ma’noni anglatadi.

  

Xachinski shkalasi bo‘yicha baholash qoidasi

  

4 baldan kam – tserebral atrofiya bo‘lishi mumkin (masalan, Alsxaymer kasalligi).

4 – 7 bapl – dementsiya sababi aniq emas

7 baldan yuqori – vaskulyar dementsiya.

Xachinski shkalasini mukammal deb bo‘lmaydi va qo‘shimcha ravishda boshqa testlardan ham foydalanish talab etiladi.

 

PSIXIK STATUSNI BAHOLAShNING QISQA ShKALASI

(Mini-Mental State Examination)

MMSE shkalasi turli kasalliklarda neyropsixologik buzilishlarni aniqlash va baholash uchun ko‘p qo‘llaniladi. Uni dementsiyaga gumon qilingan bemorni ko‘rikdan o‘tkazayotgan har bir nevropatolog, psixolog va psixiatr qo‘llashi mumkin. Bu shkalani qisqa vaqtda to‘ldirish imkoni bor.

 MMSE  ShKALASI, 1975

Tekshiriluvchi

Funktsiya

Topshiriq

Ballar

yig‘indisi

Vaqtni anglash

Vaqtni ayting (chislo, oy, hafta kuni, yil, fasl)

     0–5

Makonni anglash

Hozir biz qaerdamiz (xona, shifoxona, uy, shahar, davlat)?

 

     0–5

Idrok

Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang: suv, nina, qalam  

 

     0–

3

Diqqat

100 dan 7 ni ayirib boring

 

     0–5

Xotira

Haligi 3 ta so‘zni qayta esga tushiring

 

     0–

3

Gnozis

Bu nima? (bemor unga ko‘rsatilgan narsalarning masalan, qalam, soat nomlarini aytishi kerak)

    

     0–2

Jumlani

takrorlash

Jumlani takrorlang: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon”

 

      0–1

Topshiriqni

Tushunish

Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan olingda, uni ikki buk­lab stol ustiga qo‘ying.

 

      0–

3

O‘qish

Ushbu yozuvni (“Ko‘zingizni yuming”) ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring

 

      0–1

Yozish

Biror-bir jumlani o‘ylab uni qog‘ozga yozing

      0–1

Chizish

Ushbu rasmni chizing

      0–1

Ballar yig‘indisi

      0–30

 

MMSE shkalasini to‘ldirish qonun-qoidalari

Vaqtni anglash. Bemordan bugungi sana, hafta kuni, oy, fasl va yilni to‘la aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Shunday qilib, bemor 0 dan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.

Makonni anglash. Bemorga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi: “Hozir biz qaerdamiz?” Bemor davlat, shahar yoki viloyat, qaerda tekshiruv o‘tkazilayotgani (uy yoki shifoxona), hudud yoki bino, qavat yoki xona raqamini to‘g‘ri aytib berishi kerak. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Bu vazifa uchun ham bemor 0 balldan 5 ballgacha to‘plashi mumkin. Demak, umumiy ballar yig‘indisi 0–5.

Idrok. “Quyidagi 3 ta so‘zni takrorlang va eslab qoling ”suv, nina, qalam” deb bemorga topshiriq beriladi. Doktor ushbu so‘zlarni shoshmasdan lo‘nda qilib talaffuz qilishi kerak (bir soniyada bir so‘z). Har bir to‘g‘ri takrorlangan so‘zga 1 ball qo‘yiladi. Shundan so‘ng bemordan “So‘zlarni yodlab qoldingizmi, qani yana bir bor qaytaring-chi”, deb so‘raladi. Agar bemor so‘zlarni shu ketma-ketlikda qayta aytib berishga qiynalsa, vrach tomonidan ushbu so‘zlar yana takrorlanadi va ularni qayta takrorlash so‘raladi. Shu tartibda so‘zlarni bir necha bor (biroq 5 ta urinishdan ortiq emas) takroran aytib berish so‘raladi. Agar birinchi takrorlashda bemor 3 ta so‘zni ketma-ket to‘g‘ri aytsa – 3, ikkinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – 2, uchinchi urinishda to‘g‘ri aytsa – l ball qo‘yiladi. Agar bemor keyingi urinishlarda ham topshiriqni bajara olmasa, 0 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.

Diqqat. Bemordan “100 dan 7 ni ketma-ket ayirib keling” deb so‘raladi. Bemor quyidagi tartibda 100 dan 7 ni ayirib borishi kerak: 100–7=93; 93–7=86; 86–7=79; 79–7=72; 72–7=65. Har bir to‘g‘ri ayirilgan son uchun 1 ball qo‘yiladi. Bemor 5 ta ayirishni ham to‘g‘ri bajarsa, unga 5 ball qo‘yiladi. Vazifani bajarayotganda bemorni shoshirmang. Umumiy ballar yig‘indisi 0–5.

Xotira. Bemordan idrokni tekshirayotganda qo‘llanilgan so‘zlarni yodga tushirib aytib berish so‘raladi. Har bir to‘g‘ri eslangan so‘z uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.

Gnozis (ko‘ruv gnozisi). Bemorga qalam ko‘rsatib, undan “Bu nima? deb so‘raladi. Xuddi shu tartibda boshqa narsa (masalan, soat) ko‘rsatib, u nimaligi so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–2.

Jumlani takrorlash. Bemordan quyidagi jumlani takrorlash so‘raladi: “Hech bo‘lmaganda, hech qachon”. Bu jumla faqat bir marta aytiladi. Bemor uni xuddi shunday takrorlashi kerak. To‘g‘ri takrorlasa – 1 ball, takrorlay olmasa – 0 ball qo‘yiladi.

Topshiriqni tushunish. Bemorga bajarilishi 3 bosqichdan iborat topshiriq og‘zaki tarzda beriladi. “Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan oling-da, uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying». Har bir to‘g‘ri bajarilgan bosqichga 1 ball qo‘yiladi. Bu topshiriq bir marta beriladi. Umumiy ballar yig‘indisi 0–3.

O‘qish. Bemorga katta harflar bilan “KO‘ZINGIZNI YuMING” degan jumla bitilgan qog‘oz beriladi. Undan: “Ushbu yozuvni ovoz chiqarib o‘qing va uni bajaring”, deb so‘raladi. Bemor ushbu so‘zlarni o‘qib, ko‘zlarini yumishi kerak. Agar bemor qog‘ozdagi so‘zlarni o‘qib haqiqatan ham ko‘zlarini yumsa, unga 1 ball qo‘yiladi. Topshiriq bajarilmasa, 0 ball qo‘yiladi.


Yozish. Bemordan biron jumlani o‘ylab, uni qog‘ozga yozish so‘raladi. Qog‘ozga yozilgan jumla grammatik jihatdan to‘g‘ri va ma’noli bo‘lsa, unga 1 ball qo‘yiladi.

Chizish. Bemordan bir-biri bilan kesishgan 2 ta besh burchakli figurani xuddi shunday ko‘rinishda chizib berish so‘raladi. O‘rtada to‘rtburchak hosil bo‘lishi kerak. Agar topshiriq to‘g‘ri bajarilsa – 1 ball, noto‘g‘ri bajarilsa – 0 ball qo‘yiladi.

 

Ballar  gradatsiyasi

Ballar yig‘indisi, ball

Kognitiv buzilishlar darajasi

 

28–30

Kognitiv buzilishlar yo‘q

20–27

Engil dementsiya

11–19

O‘rta darajadagi dementsiya

0–10

Og‘ir dementsiya

 

Sog‘lom odam 28–30 ballgacha to‘plashi mumkin. Kognitiv buzilishlar chuqurlashgan sayin to‘plangan ballar yig‘indisi kamayib boradi. MMSE shkalasi bosh miyaning diffuz zararlanishlarida (tserebrovaskulyar kasalliklar, turli etiologiyali entsefalopatiyalar, diffuz tserebral atrofiyalar) keng qo‘llaniladi. Ammo bosh miyaning lokal zararlanishi sababli rivojlangan dementsiyada bu test qo‘llanilmaydi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив