Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi NEYRORESPIRATOR SINDROM YoXUD NAFAS NEGA BO‘G‘ILADI?

NEYRORESPIRATOR SINDROM YoXUD NAFAS NEGA BO‘G‘ILADI?


Neyrorespirator sindrom – ruhiy siqilishlar natijasida kelib chiqqan nafas olish faoliyatining buzilishi. Bunday bemorlar vrachga tashrif buyursa, havo etishmayapti deb yoqasini ochaveradi, bo‘ynini silayveradi.

“O‘pkamni to‘ldirib nafas ololmayapman, doimo tomog‘imda bir narsa tiqilib turadi, hadeb “uf-f” tortaveraman” deb shikoyat qilib keladiganlarning aksariyati 20-30 yoshli go‘zal, injiq, o‘ziga bino qo‘ygan va birovga (ayniqsa, eriga) gapini o‘tkazishga intiladigan ayollardir.

Agar bemordan kasallik sababini so‘rasangiz, albatta, uning qandaydir istagi bajarilmay qolgan, kimdadir katta puli qolib ketgan yoki unga nisbatan xiyonat qilingan bo‘ladi va hokazo.

Bunday ayollarni davolashdan oldin ularning ichki dunyosini o‘rganish lozim. Aks holda natija bo‘lmaydi. Ba’zan hazillashib, ularga nisbatan “qoniqmaslik sindromi” atamasini ishlataman.

Bu kasallikni ayollarda ko‘p kuzatganman, agar ularning istagi bajarilsa, nafas olishlari yana joyiga tushib ketadi. Gap shundaki, bunday bemorlarni davolamasa ham tuzalib ketishadi. Men “Psixogen astma” haqida ko‘p bora yozganman. Neyrorespirator sindrom, psixogen astma va giperventilyatsion sindrom – uch xil nom bilan ataluvchi bitta kasallik. Biroq bu kasalliklarning boshqa sabablari borligini ham unutmang. Ular haqida “Asab kasalliklari” darsligimda batafsil ma’lumot berganman.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив