IDIOPATIK EPILEPSIYa


Nasliy moyillik sababli rivojlangan epilepsiyaga idiopatik epilepsiya deb aytiladi. Idiopatik epilepsiyada bosh miyada struktur o‘zgarishlar kuzatilmaydi, nevrologik statusda patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Idiopatik epilepsiya oilaviy tarzda ham, sporadik tarzda ham uchraydi.

Idiopatik epilepsiyaning 2 turi farqlanadi

A. Tarqalgan idiopatik epilepsiya

B. Fokal idiopatik epilepsiya

A) Tarqalgan idiopatik epilepsiya turlari:

  1. Xavfsiz kechuvchi oilaviy neonatal epilepsiya
  2. Xavfsiz kechuvchi idiopatik neonatal epilepsiya
  3. Erta bolalik davrining xavfsiz kechuvchi mioklonik epilepsiyasi
  4. Bolalar absans epilepsiyasi (piknolepsiya)
  5. Yuvenil absans epilepsiya
  6. Yuvenil mioklonik epilepsiya
  7. Uyg‘onganda kuzatiladigan tonik-klonik tipdagi xurujlar
  8. Tarqalgan idiopatik epilepsiyaning boshqa turlari
  9. Maxsus ta’sirotlar bilan qo‘zg‘aganda kuzatiladigan epilep­tik xurujlar

B) Fokal idiopatik epilepsiya turlari:

  1. Rolandik epilepsiya (markaziy-temporal piklar bilan xavfsiz kechuvchi bolalar epilepsiyasi)
  2. Ensa paroksizmlari bilan kechuvchi bolalar epilepsiyasi
  3. O‘qishning birlamchi epilepsiyasi
Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив