INSULT RIVOJLANISh XAVFINI ANIQLASh ShKALASI
INSULT RIVOJLANISh XAVFINI ANIQLASh ShKALASI
# |
SAVOLLAR |
JAVOBLAR Ha – 1 ball, Yo‘q – 0 ball |
1. |
Arterial qon bosimi oshdimi? |
|
2. |
Bosh og‘rig‘i o‘tkir paydo bo‘ldimi? |
|
3. |
Bir tomonlama o‘tkir amavroz yoki ambliopiya ro‘y berdimi? |
|
4. |
O‘tkir bosh aylanishi kuzatildimi? |
|
5. |
Xushini yo‘qotdimi yoki hozirda buzilganmi? |
|
6. |
Tananing bir tomonida uvishish yoki holsizlik paydo bo‘ldimi? |
|
7. |
Nutq to‘satdan buzildimi? |
|
8. |
Meningeal simptomlar bormi? |
|
9. |
Yurak-qon tomir kasalliklari bormi? |
|
10. |
Uyqu arteriyalari auskultatsiyasida shovqin bormi? |
|
To‘plangan umumiy ball: |
|
Baholash mezoni
0 – 3 ball – insult rivojlanish xavfi past;
4 – 6 ball – insult rivojlanish xavfi o‘rtacha;
7 – 10 ball – insult rivojlanish xavfi yuqori yoki insult ro‘y berdi.
“Insult rivojlanish xavfini aniqlash shkalasi” 10 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning qay darajada mavjudligi insult rivojlanish xavfini belgilab beradi. Shkala faqat ikki xil javob varianti, ya’ni “ha” va “yo‘q” javoblaridan iborat. “Ha” javobi 1 ball, “yo‘q” javobi 0 ball bilan belgilangan. “Ha” javoblari soni ko‘paygan sayin, ballar yig‘indisi ham osha boradi. Ballar yig‘indisi 7 balldan oshsa, bemorda insult rivojlanish xavfi juda yuqori hisoblanadi yoki bu kasallik rivojlangan bo‘ladi. Yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlarda to‘satdan ro‘y berib o‘tib ketgan har bir monosimptom TIA rivojlanganidan dalolat berishi mumkin. Bu shkala yordamida nafaqat insult rivojlanish xavfi, balki ro‘y bergan TIA ham aniqlanadi. Demak, bu shkala ro‘y bergan TIA ni aniqlash va undan statistik maqsadlarda foydalanish imkonini ham beradi.
Professor Zarifboy Ibodullaev