GIPERTONIK KRIZ


Gipertonik kriz – arterial qon bosimning bir necha daqiqa yoki soat ichida keskin ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir patologik holat. Gipertonik kriz aksariyat hollarda tserebral, koronar va vegetativ simptomlar bilan namoyon bo‘ladi.

Asosiy sabablari – hafaqon kasalligi, simptomatik AG, feoxromotsitoma, o‘tkir glomerulonefrit, eklampsiya, buyrak kasalliklari, bosh miya jarohatlari, gipotenziv terapiyani birdan to‘xtatish, psixoemotsional stress, ortiqcha jismoniy zo‘riqish, spirtli ichimliklarni katta miqdorda ist’emol qilish, meteorologik omillar.

Klinikasi. Gipertonik krizning asosiy belgisi – bu AQB ning qisqa vaqt ichida keskin ko‘tarilishidir. Gipertonik kriz, odatda AQB 160/100 yoki 180/120 mm sim. ust. dan oshgan paytlarda ro‘y beradi. Biroq bu ko‘rsatkich individual bo‘lib, bemorning ishchi AQB iga ko‘p jixatdan bog‘liq. Masalan, ba’zi bemorlarda gipertonik kriz AQB 240/120 mm sim. ust. ga etganda ro‘y beradi va h.k. Gipertonik krizning asosiy klinik belgilari 2.9-jadvalda keltirilgan.

 

2.9-jadval

Gipertonik krizning asosiy klinik belgilari

Tserebral simptomlar

Kardial simptomlar

Psixoemotsional va vegetativ simptomlar

·         Kuchli bosh og‘riq

·         Bosh aylanishi

·         Quloqning bitib qolishi yoki shovqin

·         Ko‘z oldida uchqunlar paydo bo‘lishi, ko‘rishning pasayib ketishi, diplopiya

·         Yuz va tananing bir tomonida uvishish paydo bo‘lishi

·         Qo‘l va oyoqlarda o‘tib ketuvchi xolsizlik

·         O‘tib ketuvchi afaziya

·         Koordinatsiya va muvozanat buzilishi

·         Tutqanoq xurujlari

·         Kardialgiya

·         Nafas etishmovchiligi

·         Aritmiya

·         Kardiosenestopatiya

 

·         Umumiy holsizlik va bezovtalik

·         Ko‘ngil aynish va qusish

·         Qo‘rquv va xavotir

·         Ko‘p terlash

·         Og‘iz qurishi

·         Oyoq-qo‘lning “muzlab” qolishi

·         Umumiy titrash

·         Siyishga qistovlar

 

 

2.10-jadval. Arterial qon bosimning normada va arterial gipertenziyaning turli bosqchilaridagi ko‘rsatkichlari

Norma va arterial gipertenziya

AQB ko‘rsatkichlari

(mm sim ust)

Norma

120/80 va undan past

Normaning yuqori chegarasi

130/85 – 139/89

Birinchi darajali arterial gipertenziya

140/90 – 159/99

Ikkinchi darajali arterial gipertenziya

160/100 – 179/109

Uchinchi darajali arterial gipertenziya

180/110 mm sim. ust

  

Davolash. Gipertonik kriz ro‘y berganda zudlik bilan “Tez yordam” chaqiriladi. Tibbiy yordam zudlik bilan boshlanadi. Bemorga tez yordam ko‘rsatayotgan vrach quyidagi muolajalarni amalga oshirishi va parallel tarzda zarur anamnestik ma’lumotlarni yig‘ishi kerak.

  1. Bemorni tekis va ravon joyga yotqizish, tinchlantirish, qanday dorilar ichayotganligini aniqlash.
  2. AQB ni o‘lchash, yurak urishini tekshirish va gipotenziv dorilarni qilish.
  3. EKG olish, har 10–15 daqiqada AQB ni va yurak urishini o‘lchab turish.
  4. Somatik va nevrologik statusni tekshirish.

 2.10–jadval

 Arterial gipertoniyada qo‘llaniladigan asosiy dori vositalari

Dorining halqaro nomi

Dozasi, mg

Ta’sir etish davomiyligi, soat

Necha mahal ichish kerakligi

βadrenoblokatorlar

Atenolol

50–100

12–24

1–2

Betaksolol

5–20

24

1

Bisoprolol

2,5–20

24

1

Metoprolol

100–300

12

2

Nadolol

40–320

24

1

Pindolol

10–60

6–12

2–

3

Propranolol

40–320

6–12

3

Timolol

20–60

6–12

2

Karvedilol

25–50

8–12

1–2

α–adrenoblokatorlar

Doksazozin

1–16

24

1

Prazozin

0,5–20

3–6

2–

3

α– βadrenoblokatorlar

Karvedilol

12,5–100

12

2

AAF ingibitorlari

Benazepril

10–40

12–24

1–2

Kaptopril

25–150

4–8

3

Xinapril

5–80

12–24

1–2

Lizinopril

5–40

12

2

Moeksipril

3,75–30

10

1–2

Perindopril

2–8

 

1

Ramipril

2,5–10

12

1–2

Spirapril

3–6

 

1

Fozinopril

10–40

 

1–2

Enalapril

5–40

 

1–2

Sekin kaltsiy kanallari blokatorlari

Verapamil

480

12

2

Diltiazem

60–360

12–24

2

Amlodipin

5–10

24

1

Felodipin

5–20

24

1

Isradipin

5–20

12

1–2

Nifedipin

30–180

24

1

Markaziy ta’sirga ega dorilar

Klonidin

0,225–0,9

6–12

3

Metildopa

500–2000

6–12

2–

3

Guanfatsin

1–

3

12–24

1–2

Simpatolitiklar

Rezerpin

0,05–0,5

6–8

2–

3

Guanetidin

10–75

24

1

Diuretiklar

Indapamid

2,5

18–24

1

Furosemid

40–240

3–6

1

Gidroxlorotiazid

12,5–50

12–18

1

Triamteren

50–100

3–6

1

Spironolakton

25–100

3–6

1

Xlortalidon

12,5–50

6–12

1

Angiotenzin II retseptori blokatorlari

Lozartan

25–100

12–24

1–2

Valsartan

80–160

24

1

Irbesartan

150–300

24

1

  

2.11-jadval

Gipertonik kriz paytida tez yordam ko‘rsatish tartibi

AQB ni 1 soat ichida pasaytirish kerak bo‘lgan holatlar

AQB ni sekinlik bilan (12–24 soat ichida) pasaytirsa bo‘ladigan holatlar

Miokard infarkti

AQB 240/130 mm sim ust. va undan yuqori (asoratlarsiz)

Yurakning o‘tkir etishmovchiligi

Havfli AG (asoratlarsiz)

Nostabil stenokardiya

Operatsiyadan oldingi va keyingi AG

Burundan to‘xtovsiz qon ketish

Gipotenziv dorilarni to‘xtatgandan so‘ng oshib ketgan AQB

O‘tkir gipertonik entsefalopatiya

Buyrak krizi

Gemorragik insult

Tana kuyishlari

Eklampsiya

Feoxromotsitoma

Aorta qatlanishi (aortaning qatlanuvchi anevrizmasi)

 

Gipertonik kriz turli xil klinik sindromlar bilan namoyon bo‘ladi. shu bois  AQB ni tushirish bilan birgalikda yondosh klinik buzilishlarni ham bartaraf etish lozim.

Gipertonik kriz taxikardiya bilan namoyon bo‘lsa

  • Propranolol 10–40 mg dan ichishga beriladi. Bu dori 30 daqikadan so‘ng ta’sir qila boshlaydi va uning samarasi 6 soat davom etadi. Nojo‘ya ta’sirlari: bradikardiya, bronxospazm, AV-qamal. Monelik qiluvchi holatlar: II–III darajali AV-qamal, sinus tugun faolligi pasayishi sindromi, kuchli bradikardiya (1 daq. 50 ta urishdan past), bronxial astma.
  • Klonidin 0,075–0,150 mg dan til ostiga tashlab so‘riladi. Dori 10–30 daq. ichida ta’sir qila boshlaydi, samaradorligi 6–12 soatga teng. Nojo‘ya ta’sirlari: og‘iz qurishi, kuchli holsizlik, uyqu bosishi, bosh aylanishi, ortostatik gipotoniya, bradikardiya, AV-qamal. Monelik qiluvchi holatlar: depressiya, kuchli tserebral ateroskleroz, arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari, kuchli bradikardiya, II–III darajali AV-qamal, tritsiklik antidepressantlar bilan birgalikda qabul qilish, homiladorlik. Hozirda klonidin kam qo‘llaniladi.

Gipertonik kriz taxikardiyasiz namoyon bo‘lsa

  • Kaptopril 25 mg dozada til ostiga tashlab so‘riladi. Bu dori 15-30 daqiqadan so‘ng ta’sir eta boshlaydi, samaradorligi 6-12 soatga teng. Nojo‘ya ta’sirlari: arterial gipotoniya, quruq yo‘tal, teri toshmasi, proteinuriya. Monelik qiluvchi holatlar: homiladorlik, aortal stenoz, o‘tkir ishemik insult, o‘tkir koronar etishmovchilik.
  • Nifedipin 10 mg dozada til ostiga tashlab so‘riladi. Ta’siri 5–20 daqiqadan so‘ng boshlanadi, samardorligi 4–6 soatga teng. Nojo‘ya ta’siri: bosh aylanishi, arterial gipotoniya, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, umumiy xolsizlik, ko‘ngil aynishi. Dorini qabul qilgandan so‘ng bemor 1 soat mobaynida gorizontal holatda yotishi lozim. Aks holda ortostatik gipotenziya rivojlanishi mumkin. Monelik qiluvchi holatlar: o‘tkir miokard infarkti, taxikardiya. Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik talab etiladi: kuchli aortal yoki mitral stenoz, kuchli bradikardiya yoki taxikardiya, surunkali yurak etishmovchiligi, og‘ir kechuvchi tserebral ishemiyalar, jigar va buyrak etishmovchiligi, keksa yosh, 18 yoshgacha bo‘lgan davr. Nifedipin homilador ayollar, vazorenal AG, bronxlarning surunkali obstruktiv kasalliklari va arterialarning obliteratsiyalovchi kasalliklarida keng tavsiya etiladi.
  • Furosemid qo‘shimcha ravishda 40–80 mg dozada tavsiya etiladi.

Gipertonik kriz miokard infarkti bilan namoyon bo‘lsa

  • Nitroglitserin 0,5 mg til ostiga tashlanadi yoki 1 doza (0,4 mg) aerozol og‘izga sepiladi. Og‘riq kamaymasa 5 daqiqadan so‘ng dori yana beriladi. Shuningdek 0,1% li 10 ml nitroglitserin 0,9 % li 100 ml natriy xlorid eritmasida v/i ga tomchilatib yuboriladi. Yuborish tezligi – 1 daqiqaga 2-4 tomchi. AQB va yurak urishi nazoratda ushlanadi.
  • Propranolol. Dorining 0,1% li 1 ml (1 mg) eritmasi v/i ga sekinlik bilan yuboriladi. AQB, yurak urishi va EKG nazoratda ushlanadi. Agar AQB tushavermasa enalaprilat 0,625–1,250 mg dozada v/i ga 5 daqiqa mobaynida sekin yuboriladi.
  • Morfin. Og‘riqni qoldirish uchun 1% li 1 ml morfin 0,9% li 10 ml natriy xlor eritmasida v/i ga sekinlik bilan yuboriladi. Og‘riq to‘xtamasa, 10-15 daqiqadan so‘ng dori shu dozada takroran qilinadi.  
  • Aspirin 150–300 mg miqdorda ichishga beriladi.

Eslatma. Nifedipin va furosemid berish mumkin emas. AQB baland bo‘lsa, geparin ham qilinmaydi.

Gipertonik kriz chap qorinchaning o‘tkir etishmovchiligi va o‘pka shishi bilan namoyon bo‘lsa

Bunday paytda kichik qon aylanish sistemasida bosim oshib o‘pka shishi rivojlanadi. Buning oqibatida nafas bo‘g‘ilishi, tsianoz rivojlanadi. AQB ni tushirish bilan birgalikda zudlik bilan o‘pka shishini ham bartaraf etish lozim. Buning uchun enalaprilat 0,625-1,25 mg dozada v/i ga 5 daqiqa mobaynida sekinlik bilan yuboriladi. Furosemid ham 20-100 mg dozada v/i ga qilinadi. Quyidagi dorilar mumkin emas: β–blokatorlar (propranolol), klonidin.

Gipertonik kriz epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘lsa

Diazepam. Dorining 0,5% li eritmasi 2-4 ml (10–20 mg) dozada v/i ga sekinlik bilan yuboriladi. Keyinchalik 4 ml (20 mg) diazepam natriy xloridning fiziologik eritmasiga qo‘shib v/i ga tomchilatib yuborilishi mumkin. Samarasi bir necha daqiqadan keyin bilinadi. Boshqa gipotenziv dorilar (magniy sulfat, kaptopril, enalaprilat, verapamil, metildofa) va diuretiklar (furosemid) ham qilinadi. Biroq nifedipin mumkin emas.

Gipertonik kriz preeklampsiya yoki eklampsiya bilan namoyon bo‘lsa

Eklampsik xurujlarni bartaraf etish va AQB ni tushirish uchun magniy sulfatning 10% li eritmasi 40-100 ml (400-1000 mg) miqdorda v/i ga tomchilatib yuboriladi. Bu dorining 20% li eritmasini 20 ml dan har 5 daqiqada v/i ga tezlik bilan yuborish ham mumkin. Shuningdek, nifedipin 10 mg miqdorda til ostiga tashlanadi. 

Gipertonik kriz o‘tkir glomerulonefrit bilan namoyon bo‘lsa

Nifedipin 10-40 mg miqdorda til ostiga tashlanadi. Venadan furosemid 80-100 mg miqdorda qilinadi va bemor zudlik bilan gemodializ muolajasini o‘tkazish uchun shifoxonaga yotqiziladi.

Feoxromotsitomada kuzatiladigan gipertonik krizda

Droperidol 5-10 mg v/i ga sekinlik bilan yuboriladi, prazozin 1 mg til ostiga tashlanadi, propranolol 20-40 mg ichishga tavsiya etiladi.

Eslatma. AQB ni “normal ishchi bosim”gacha tushirish aslo mumkin emas. Aks holda o‘tkir koronar va tserebral ishemiya rivojlanishi yoki kuchayishi mumkin.  AQB ni oshgan ko‘rsatkichdan 20-30 % ga tushirish etarli. Gipertonik kriz (ayniqsa, asoratli turlarida) ro‘y berganda bemor zudlik bilan shifoxonaga olib kelinishi kerak. Engil holatlarda (asoratsiz turlarida) bemor vrach nazoratida uyda davolanishi mumkin. Arterial gipertoniyaning har qanday turlarida bemor UAV nazoratiga olinadi.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив