BOSh MIYaDA QON AYLANIShINING O‘TKIR BUZILIShLARI
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlariga tranzitor ishemik ataka, bosh miyada qon aylanishining o‘tkinchi buzilishi, o‘tkir gipertonik entsefalopatiya va insultlar kiradi (1.6-jadval).
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlari
Nomi |
Ta’rifi |
Tranzitor ishemik ataka |
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir ishemik buzilishi bo‘lib, paydo bo‘lgan simptomlar bir soat ichida o‘tib ketadi. |
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkinchi buzilishi |
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir ishemik buzilishi bo‘lib, paydo bo‘lgan simptomlar 2-24 soat davom etadi va o‘tib ketadi. |
Utkir gipertonik entsefalopatiya |
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir ishemik buzilishi bo‘lib, umumiy tserebral simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. |
Insult |
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, paydo bo‘lgan nevrologik buzilishlar 24 soatdan oshiq davom etadi. |