Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Bosh miyaning ichida nima joylashgan?

Bosh miyaning ichida nima joylashgan?


Bosh miya po‘stlog‘ini neyronlardan iborat dedik. Ularning tolalari bosh miyaning ichki qismini tashkil qiladi. Neyron tanasi kulrang tusga ega bo‘lsa, uning tolalari oq rangga ega. Neyron tolalari orqali impulslar o‘tkazib turiladi. Biroq bosh miyaning qoq o‘rtasida ekstrapiramidal sistema deb atalmish tuzilmalar mavjudki, ular ham inson harakati faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bu tuzilmalar po‘stlog‘osti yadrolari deb ataladi.

Ular ham kulrang tusda bo‘ladi. Bu yirik yadrolar millionlab neyronlardan iborat. Ularda harakat faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator mediatorlar ishlab chiqariladi. Bularning ichida dofamin moddasi o‘ta ahamiyat­lidir. Agar dofamin moddasi etarli darajada ishlab chiqaril­­­­­­masa, Parkinson kasalligi rivojlanadi. Miyaning ichki qismida joylashgan bu tuzilmalar inson his-tuyg‘ularini belgilab berishda ham muhim ahamiyatga ega. Obrazli qilib aytganda, bosh miya po‘stlog‘i aql-zakovat, miyaning ichki tuzilmalari esa hissiyot uchun mas’uldir.

 Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив