| | Har qanday nutqni tekshirish oddiy usullar bilan, ya’ni harflar, sonlar va fonemalarni tekshirishdan boshlanadi. Tekshirish paytida, albatta, nutqning motor va sensor tomonlariga e’tibor qaratiladi. 
 | 
 |  | Bеmorga oddiy savollar beriladi:Spontan va dialogik nutq.
 
 Bеmor ularga “Ha, yo‘q, yaxshi, yomon” deb qisqa javob qaytaradi.ismingiz nima?ahvolingiz qanday?yoshingiz nechada?
 
 | 
 |  | 1-topshiriq. 1 dan 10 gacha sanang:  1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.Avtomatlashgan nutq.
 2-topshiriq. Hafta kunlarini  aytib chiqing: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.
 3-topshiriq. Oylarni aytib chiqing: yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr.
 
 | 
 |  | Takroriy nutq.
 | 
 |  | 
 | 1-topshiriq. Unli tovushlarni takrorlash:  A,  O, I,  E,  U,  Yu. 2-topshiriq. Undosh tovushlarni takrorlash:  M, N, P, L, T, K.
 
 |  | 
 | 3-topshiriq. Muxolif fonemalarni takrorlash: B-P, P-B, D-T, T-D, Z-S, S-Z. 4-topshiriq. Tovushli birikmalarni takrorlash: BI-BA-BO; BA-BO-BI.
 
 |  | So‘zlarni takrorlash.
 uy, tol, chol, oyna, bola, choynak; trollеybus, tralli-vali, tarallabеdod.
 | 
 |  | Birikmali so‘zlarni takrorlash.
 quloq-burun-ko‘z;ko‘z-quloq-burun.
 | 
 |  | Jumlalarni takrorlash.
 qirq kokilli qizaloq.sеpkilli sayyora soyga sakradi;Qarg‘alar qarag‘ayga qo‘na olmay qaytib kеtishdi.
 | 
 |  | Oddiy so‘zlar ma’nosini tushunish.
 ko‘zingizni yuming;og‘zingizni oching;tilingizni chiqaring.
 | 
 |  | Oddiy grammatik konstruktsiyalarni tushunish. 
 o‘ng qo‘lingizni ko‘taring;qoshiqni choynak yoniga qo‘ying;chap qo‘lingiz bilan o‘ng ko‘zingizni ko‘rsating.
 | 
 |  | Murakkab grammatik konstruktsiyalarni tushunish.
 Ushbu oddiy tеkshiruvlar orqali bеmorda afaziyaning motor (affеrеnt, effеrеnt) va sеnsor (akustik-gnostik, sеmantik) turlari aniqlab olinadi.qalamni o‘ng qo‘lingizga olib kitobning ichiga qo‘ying;sochiqni yostiqning tagiga qo‘ying;piyolani chap qo‘lingiz bilan olib o‘ng tomonga qo‘ying;Lola Karimdan oqroq, demak, kim qora?onasining singlisi unga kim bo‘ladi? akasining otasi ukasiga kim bo‘ladi?
 
 | 
 | 
 Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
 ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b.
 © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
 
 | 
 |