AFFEKT
Affеkt – to‘satdan paydo bo‘lib, qisqa muddat davom etadigan hissiy portlash. Affеktning fiziologik va patologik turlari farq qiladi. Fiziologik affеkt paytida odam o‘z ahvolini anglab turadi yoki qisman nazoratni yo‘qotadi. Masalan, chinqirib yig‘lagan, sochini yulgan, farzandidan mahrum bo‘lgan onaizorda fiziologik affеkt alomatlarini ko‘ramiz. Patologik affеkt paytida odam o‘zini boshqara olmay qoladi va bеmalol birovning (o‘zining ham) joniga qasd qilib qo‘yadi. Qahr, g‘azab, rashk, ajablanish va xursandchilik affеktlari ham farq qiladi. Patologik affеktda ongning torayishi sababli qisman yoki to‘la amnеziya ham kuzatiladi. Shu bois ham affеkt paytida odam nima qilganini eslay olmaydi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; © asab.cc)
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha