Topik diagnostika
Topik diagnostika. Patologik o‘choq lokalizatsiyasiga qarab harakat buzilishlarining tserebral, spinal va periferik turlari farqlanadi.
Til-halqum va sayyor nervlar, IX va X juftlar
Til-halqum nervi (n.glossopharyngeus, IX nerv) va sayyor nerv (n. vagus, X nerv) miya ustunida joylashgan umumiy yadro va funktsiyalarga ega bo‘lganligi bois birgalikda o‘rganiladi.
N. glossopharyngeus va n.vagus yadrolari:
- Ikki yoqlama yadro (nucl. ambiguus) – yutqin, halqum, halqumusti va yumshoq tanglayning motor innervatsiyasini ta’minlaydi (X nerv bilan birgalikda).
- Sezgi yadrosi (nucl. alae cinereae) – tilning orqa 2/3 qismi, yutqin, yumshoq tanglay, halqum, traxeya va tashqi quloq terisi, ichki quloqning ichki qavati, nog‘ora parda, orqa kranial chuqurcha qattiq pardasining sezgi innervatsiyasini ta’minlaydi (X nerv bilan birgalikda)
- Pastki so‘lak ajratish yadrosi (nucl. salivatorius inferior) – parasimpatik sekretor yadro bo‘lib, quloq atrofida joylashgan so‘lak bezlarini innervatsiya qiladi.
- Ta’m bilish yadrosi (nucl. tractus solitarii) – tilda ta’m sezishni ta’minlaydi (XIII va X nervlar bilan birgalikda).
- Sayyor nervning xususiy parasimpatik yadrosi (nucl. dorsalis n. vagi) – nafaqat bulbar, balki boshqa ichki a’zolarning vistseromotor innervatsiyasini ta’minlaydi.
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha