Yon shox yadrolari
Yon shox yadrolari. Orqa miyaning barcha segmentlarida ham yon shoxlar bo‘lmaydi. Yon shoxlarda vegetativ innervatsiya uchun mas’ul yadrolar joylashgan. Ular – C8, Th1-Th12, L1-L2 spinal segmentlarda simpatik yadrolar, S2-S4 spinal segmentlarda parasimpatik yadrolar joylashgan.
Yorqin toj
Ichki kapsuladan o‘tuvchi barcha proektsion tolalar, ya’ni afferent va efferent yo‘llar po‘stloq yaqinida nurga o‘xshab yoyilib ketadi va bu holat tojni eslatadi. Ushbu radial yo‘llarga yorqin toj (corona radiata) deyiladi (10.5-rasm).
Radial yo‘llarning optik signallarni o‘tkazuvchi qismi ensa tomonga yo‘nalib ko‘ruv tojini (radiatio optica), eshituv signallarini o‘tkazuvchi qismi chakka pushtalariga yo‘nalib eshituv tojini (radiatio acustica) hosil qiladi.