Rombsimon chuqurcha (fossa rhomboidea)
Uzunchoq miya va ko‘prikning orqa tomonida joylashgan. Rombsimon chuqurchada likvor oqadi. Rombsimon chuqurchaning yuqori va pastki uchburchagi farqlanadi. Uning yuqori uchburchagi ko‘prikning, pastki uchburchagi uzunchoq miyaning dorsal yuzasiga to‘g‘ri keladi. Rombsimon chuqurchani yuqori-yon tomondan miyachaning yuqori oyoqchalari, pastki-yon tomondan pastki oyoqchalari chegaralab turadi. Rombsimon chuqurchaning qoq o‘rtasidan medial egatcha (sulcus medianus) o‘tadi.
Rombsimon chuqurchaning yuqori uchburchagida V, VI, VII, VIII juft, pastki uchburchagida IX, X, XII juft nervlar yadrolari joylashgan (5.3-rasm).
Quyidagi kranial nervlarning III, IV, XI nervlar yadrolarining rombsimon chuqurchaga aloqasi yo‘q.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha