Reflektor dermografizm
To‘g‘nog‘ichning o‘tkir uchi bilan teriga chizib chaqiriladi. Bunga javoban biroz kengaygan qizil chiziq paydo bo‘ladi ((12.8 (b)-rasm). To‘g‘nog‘ichni kuchli bosish tavsiya etilmaydi! Reflektor dermografizmni tekshirish orqali spinal vegetativ tuzilmalar holati o‘rganiladi. Periferik kapillyarlar kengayishi uchun javob beradigan spinal vegetativ markazlarning organik zararlanishlarida reflektor dermografizm chaqirilmaydi. Kuchli vegetativ disfunktsiyalarda chizilgan joy ortiqcha qizarib bo‘rtib qoladi va uzoq saqlanadi.
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha