Yangiliklar Yangiliklar Psixologiya fani mamlakatimizga qachon kirib kelgan edi?

Psixologiya fani mamlakatimizga qachon kirib kelgan edi?



Bundan yuz yil muqaddam, ya’ni 1922 yili Germaniyada Ernst Krechmer tomonidan «Tibbiyot psixologiyasi» faniga asos solinadi. O‘zbekistonda esa 1997 yili Hamid Karimov tashabbusi bilan «Tibbiyot psixologiyasi» kursi tashkil qilingan. 1997 yilgacha deyarli psixiatriyaga o‘xshab qolgan «Tibbiyot psixologiyasi» mavzulari Zarifboy Ibodullayev tomonidan Jahon standartlariga moslab, butkul qayta ko‘rib chiqildi.

Fan dasturini tuzishda asosiy urg‘u «Psixosomatik tibbiyot»ga beriladi, «Yosh tibbiy psixologlar» ilmiy jamiyati tuziladi, «Tibbiyot psixologiyasi» darsligi yaratiladi. Bu kitob «2009 yili – eng yaxshi darslik» deb topiladi va 3 marotaba nashrdan chiqadi. Tez orada Zarifboy Ibodullayev tashabbusi bilan Respublikada yangi yo‘nalish bo‘lgan «Tibbiyot psixologiyasi» mutaxassisligidan magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari ochiladi. Respublika uchun uzoq kutilgan «Tibbiy psixolog» kadrlar tayyorlanadi.  

Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot psixologiyasining 100 yilligiga bag‘ishlab «Psixosomatik tibbiyotning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar» mavzusidagi xalqaro anjumanda ana shular haqida so‘z yuritildi.  
Professor Zarifboy Ibodullayev jahon va O‘zbekiston miqyosida «Tibbiyot psixologiyasi va psixosomatik tibbiyot»ning rivojlanish tarixi, sog‘liqni saqlash tizimi uchun kadrlar tayyorlashdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Shuningdek, turkiyalik professor Aynur Feyzining «Alsgeymer kasalligida kuzatiladigan neyropsixologik buzilishlar», professor Sharif Barotovning «Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni tashkil etish», professor Barno Xolmatovaning «Bolalik va o‘smirlik davrining psixosomatik buzilishlari», professor Vasila Karimovaning «Oiladagi zo‘ravonlik va undan bezish sindromi», professor Abdulla Begmatovning «Psixosomatikada gipnozni qo‘llash» mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. 
Anjumanda portugaliyalik mutaxassislar ham ishtirok etib, «Qarilik davrining psixologik muammolari» haqida ma’ruza qildi.   
Mohigul Qosimova, O‘zA


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив