Yangiliklar Yangiliklar Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida «Kitobxonlik kechasi» bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida «Kitobxonlik kechasi» bo‘lib o‘tdi


 

2020 yil 25 yanvar kuni Buxoro Davlat Universitetida Prezidentimizning 5 tashabbus ijrosi borasida «Kitobxonlik kechasi» bo‘lib o‘tdi. Unda professor Zarifboy Ibodullaevning «Asab va ruhiyat» kitobining 4-nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Davlat Universiteti, Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Qarshi Davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va 200 dan oshiq talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni professor Baratov Sh.R. ochib berdi va «Asab va ruhiyat» kitobining barcha nashrlari va muallifning boshqa asarlari haqida ma’lumot berdi. Tadbirda, shuningdek, prof. Jabborov A.M., Muxtorov E.M. lar nutq so‘zlashdi. Bo‘lajak psixolog-talabalar «Asab va ruhiyat» kitobida yoritilgan asab va ruhiyat buzilishlari va inson psixologiyasiga oid ma’lumotlar haqida qiziqib so‘zlab berishdi. Ushbu tadbir Buxoro Davlat Universiteti rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Professor Zarifboy Ibodullaev



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив