Markaz xodimlari


IBODULLAEV ZARIFBOY RAJABOVICh

Klinika direktori, professor


Toshkent tibbiyot akademiyasi "Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya kursi" mudiri, "Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi" direktori,  tibbiyot fanlari doktori, professor. Prof. Ibodullaev Z.R. muallifligida 160 dan oshiq ilmiy asarlar chop qilingan. Olim “Asab kasalliklari”,  “Tibbiyot psixologiyasi”, “Umumiy nevrologiya” darsliklari chop qildirgan. Uning 2 ta darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek amaliyotchi vrachlar uchun “Nevrologiya”, “Epilepsiya”, “Insult va koma” nomli qo‘llanmalari chop qilingan. “Asab va ruhiyat” ilmiy-ommabop kitobi 4 marotaba nashrdan chiqqan. Bugungi kunda olim O‘zbekistonda “Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyot” ni rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.






QURBONOV ALIShER NIGMATULLAEVICh

Bosh shifokor, neyropsixolog


2007-2014 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetida bakalavr darajasini olgan. 2014-2017 yillarda ushbu akademiyaning “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishida tahsil olib magistr darajasiga ega bo‘lgan.  2019 yildan shu kunga qadar “Asab va ruhiyat” tibbiy markazida Bosh shifokor va vrach-neyropsixolog lavozimida faoliyat yuritmoqda. Hozirda COVID-19 sababli rivojlangan oliy ruhiy buzilishlarni diagnostikasi va davolash usullari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Qurbonov A.N. Alsxaymer kasalligi, vaskulyar dementsiya, insultdan keyingi afaziya, apraksiya va agnoziya holatlari, xotira buzilishlari, distsirkulyator entsefalopatiyalar tufayli yuzaga kelgan kognitiv buzilishlarni markazimizda mavjud bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar asosida tashxis qo‘yib davolab keladi. Hozirda prof. Ibodullaev Z.R. rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishini olib bormoqda. Qurbonov A.N. kognitiv nevrologiya xizmatiga mas’ul.




QURBONBOEV MUZAFFAR YuSUPOVICh

Nevropatolog, kunduzgi statsionar rahbari


2001-2008 yillarda 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti davolash ishi fakultetida talim olgan. 2010 yil Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti nevrologiya kafedrasida klinik ordinaturani o‘tgan.  2005-2019 yillarda “Neyromedical center” klinikasida nevropatolog, 2008-2014 yillarda Toshkent shaxar tez tibbiy yordam markazi 1-bo‘lim vrachi, 2015 yildan  hozirgi kunga qadar IIV Markaziy gospitali nevrologiya bo‘limi navbatchi shifokori, 2014 yil 1-ShKSh shoshilinch nevrologiya bo‘limi navbatchi vrachi, 2019 yildan shu kunga qadar “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi 1-nevrologiya bo‘limi mudiri, vrach-nevrolog  lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qurbanbaev M.Yu. amaliy nevrologiya sohasida asosiy yo‘nalishlari – insult, epilepsiya, parkinsonizm, neyrodegenerativ kasalliklar, miasteniya, miopatiyalar, periferik nerv tizimi kasalliklari, umurtqalar osteoxondrozi, disk churrasi, bosh og‘rig‘i, nevroz, vegetativ distoniya sindromi. Qurbanbaev M.Yu. klinikada nevrologiya va tez tibbiy yordam xizmatiga mas’ul.







NASRETDINOVA GULNORA MURODOVNA

Psixiatr, psixonevrolog


2006 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetini bitirgan. 2009 yil ushbu akademiyaning “Narkologiya va psixiatriya” kafedrasida magistr darajasiga ega bo‘lgan.  2010-2017 yillarda 2-shahar ruhiy-asab kasalliklar klinik shifoxonasida vrach-psixiatr hamda 2011-2019 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi «Maslaxat poliklinikasi”  vrach-psixiatri. 2020 yildan boshlab “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida psixiatr, psixonevrolog lavozimida faoliyat ko‘rstib kelmoqda. Ish faoliyati mobaynida 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etgan, bir necha bor ilmiy anjumanlarda qatnashgan. Asosiy yo‘nalishi – nevroz, depressiya, hulq-atvor patologiyasi, obsessiv-kompulsiv buzilishlar. Nasretdinova G.M. klinikada psixiatriya va psixonevrologiya xizmatiga mas’ul.







YuNUSXODJAEVA HILOLA SAYFUTDINXODJAEVNA

Tibbiy psixolog-psixoterapevt


2013 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-pedagogika fakultetini bitirgan. 2020 yil ushbu akademiyaning “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishi magistr darajasiga ega bo‘lgan.  Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi PhD doktoranti hamda “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida tibbiy psixolog, psixoterapevt  lavozimida ishlab kelmoqda. Ish faoliyati davomida 11 ta ilmiy ishlar nashr etgan, ulardan 3 tasi halqaro jurnallarda chop etilgan. Asosiy yo‘nalishi – depressiya, fobiya, panik atakalar, klimakterik nevroz, vegetonevroz, psixosomatik buzilishlar, psixogen nafas siqishi kabi holatlarda psixodiagnostik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatish. Hozirda prof. Ibodullaev Z.R. rahbarligida dissertatsiya ishini olib bormoqda. Yunusxodjaeva H.S. tashkiliy-metodik ishlarga mas’ul.




QODIROVA VAZIRA ANVAROVNA

Psixiatr, psixonevrolog


2005 yilda TashPMI davolash fakultetida bakalavr darajasini olgan. 2008 yilda TashPMI “Psixiatriya va bolalar psixiatriyasi” yo‘nalishi magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2006 yildan shu kunga qadar 2-sonli shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanserida vrach-psixiatr, psixonevrolog lavozimida faoliyat yuritib kelgan.  2021 yildan boshlab “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida vrach-psixiatr, psixoterapevt lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.  2019 yilda VMOI qoshida malaka oshirib “Oliy toifali shifokor” darajasini olgan.  Ish faoliyati davomida Turkiya va boshqa qo‘shni davlatlarda malaka oshirgan hamda ilmiy anjumanlarda faol qatnashgan. Asosiy yo‘nalishlari – oligofreniya, shizofreniya, nevroz, depressiya, xavotirli-fobik buzilishlar, bosh miya kasallkilari tufayli yuzaga kelgan ruhiy buzilishlar.


AMIRJONOVA DILDORA ZARIFBOY QIZI

Tibbiy psixolog-somnolog


 2013-2019 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti talabasi. 2019 yili Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishi magistraturasiga Davlat granti asosida o‘qishga kirgan. “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida “Xavotirli-fobik buzilishlarda uyqu buzilishlari va polisomnografik tekshiruvlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Amirjonova D.Z. tibbiy markazda somnologiya xizmatini olib boradi, xorij davlatlari bilan ilmiy-amaliy aloqalarga mas’ul, ingliz tilini mukammal biladi va 4 ta ilmiy ish nashr etgan. Asosiy yo‘nalishi – somnologiya bo‘lib, turli xil asab va ruhiyat buzilishlarida uyqu buzilishlarini aniqlash va davolashdir. Hozirda prof. Ashurov Z.Sh. rahbarligida dissertatsiya ishini olib bormoqda.



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив