BIOLOGIK TESKARI ALOQA
Organizmdagi fiziologik parametrlar monitoringi on line rejimda kuzatib boriladi va maxsus tanlab olingan multimedia va kompyuterli o‘yinlar yordamida ongli tarzda boshqariladi.
Oddiy qilib aytganda, BTA-interfeys – insonning «fiziologik oynasi». Unda bemor o‘z ichki dunyosining aksini ko‘radi, undagi kamchiliklar va yutuqlarni bilib boradi. BTA metodi yordamida psixovegetativ ko‘rsatkichlar o‘rganib va korrektsiya qilib boriladi, ortiqcha simpatikotoniya yoki vagotoniya me’yorga keltiriladi.
BTA muolajalarini boshlagan bemor o‘zidagi qo‘rquv, xavotir, ortiqcha jizzakilik engish uquvlarini o‘zlashtirib oladi, motivatsiyasi kuchayadi, hayotga, o‘quv yoki ish faoliyatiga qiziqishi oshadi, boshqalar bilan muloqot san’ati shakllanadi va h.k.
BTA QO‘LLANILADIGAN SOHALAR
- apatiya, depressiya, asteniya, doimiy qo‘rquv, xavotir, o‘ziga ishonchsizlik, fobiya, asossiz stressga moyillik;
- ruhiyatga ta’sir qiluvchi organizmning surunkali kasalliklari;
- sportchilarni musobaqalarga ruhan tayyorlash;
- ishchilarning kasbiy mahoratini oshirish, aqliy va jismoniy mehnatga motivatsiyasini kuchaytirish;
- maxsus xizmat ishchilari, shu jumladan kuch ishlatar tizimda faoliyati ko‘rsatuvchi turli xodimlarning stressga va ekstremal vaziyatlarga chidamlilik darajasini oshirish, ichki motivatsiyasini kuchaytirish;
- ish faoliyati asabiy zo‘riqish va psixoemotsioanl stress bilan bog‘liq har qanday soha ishchilarida psixologik adaptatsiyani kuchaytirish, stressga chidamliligini oshirish;
- surunkali davom etuvchi ipoxondrik nevrozlar;
ESLAB QOLING! BTA klinik psixologiya, psixosomatik tibbiyot, hulq-atvor nevrologiyasi, kardiologiya, gastroenterologiya, urologiya, pediatriya, reabilitologiya, sog‘lomlashtirish tibbiyotida keng qo‘llaniladi.
KO‘RSATMALAR
- bolalarda diqqat tarqoqligi va giperaktiv sindrmoi
- o‘smirlarda hulq-atvor buzilishlari
- depressiya, uyqu buzilishlari, panik atakalar, fobiya, xavotir
- nevrasteniya, isteriya, ipoxondriya
- zo‘riqish bosh og‘rig‘i, migren
- surunkali stress sindromi
- posttravmatik stress sindrom
- logonevroz, dislaliya
- neyrorespirator sindrom
- enurez
- vegetativ distoniya sindromi
- kardionevroz
- yuzdagi tiklar, bir joyda tinch o‘tira olmaslik
- arterial gipertenziya
- erektil disfunktsiya
DAVOLASh DAVOMIYLIGI
Davolash davomiyligi kasallik turiga bog‘liq. Odatda, har bir seans 30 daqiqa davom etadi. Seanslar soni 5-10 ta har kuni yoki kunora. Bitta bemorning o‘ziga turli xil psixotrening usullarini qo‘llash mumkin. Bemorning psixoemotsional statusidan kelib chiqqan holda, tibbiy psixolog tomonidan har bir bemorga individual psixotrening kurslari tanlanadi.
BTA METODI USTUVORLIGI
- nomedikamentoz davolash metodi
- nojo‘ya ta’sirlar yo‘q
- nafaqat psixoemotsional buzilish belgilarini, balki kasallik sababini ham yo‘qotadi
- psixovegetativ va neyrogumoral mexanizmlarni faollashtiradi
- o‘z-o‘zini boshqarish uquvini shakllantiradi
- stressga chidamlilik darajasini oshiradi
- har qanday farmakologik davolash usullari bilan birgalikda olib borish mumkin
MON’ELIK QILUVChI HOLATLAR
- o‘tkir kasalliklar
- o‘tkir infektsion kasalliklar
- organik kasalliklar sababli rivojlangan o‘tkir og‘riqlar (psixogen tipdagi og‘riqlar bundan mustasno)
- besh yoshgacha bo‘lgan davr
- o‘tkir psixoz va psixomotor qo‘zg‘alishlar
1950-yillari BTA metodi ishlab chiqildi va klinik psixologiyada qo‘llab boshlandi. BTA metodi orqali shartli-reflektor faoliyat mexanizmidan faol foydalanilgan holda bolalar va o‘smirlar hulq-atvorini korrektsiya qilishning samarali yo‘llari ishlab chiqiladi. Bunga BTA metodi deb nom berilgan.
Organizm bilan biologik teskari aloqa o‘rnatib yurak urishlari, teri qarshiligi, tana harorati, AQB, EEG, muskullar kuchi va boshqa ko‘rsatkichlar o‘rganiladi va korrektsiya qilinadi. Biologik teskari aloqa biologik boshqaruv deb ham ataladi.
Biologik teskari aloqa (biofeedback) – bolalar va o‘smirlarda kuzatiladigan turli xil hulq-atvor buzilishlarini korrektsiya qiluvchi samarali va zamonaviy psixofiziologik metod. Bu usulni kattalarda ham qo‘llash mumkin. BTA usuli maxsus kompyuterlashtirilgan dastur asosida o‘tkaziladi. Bunda on line rejimda bemorning fiziologik ko‘rsatkichlari bilan ishlanadi.
Ko‘ruv, eshituv va taktil signal-stimullar yordamida mijozga o‘z hulq-atvorini nazorat qilish, boshqarish va o‘zgartirish uquvi shakllantirib boriladi.