100 dan 7 ni ayirib kelish usuli
Maqsad. Diqqat tezligi va turg‘unligini tekshirish
O‘tkazilish tartibi. Bemorga “100 dan 7 ni ketma-ket ayirib keling” deb topshiriq beriladi. Bemor quyidagi tartibda 100 dan 7 ni ayirib borishi kerak: 100 – 7 = 93; 93–7 =86; 86 – 7 =79; 79 – 7 =72; 72 – 7 = 65. Topshiriq ajarilayotgan paytda uning to‘xtab qolishi, noto‘g‘ri ayirishi, boshqa raqamlarni ishlatib yuborishiga e’tibor qaratiladi. Vazifani bajarayotganda bemorni shoshirmaslik kerak.
Xulosa yozish. Har bir to‘g‘ri ayirilgan son uchun 1 ball qo‘yiladi. Bemor 5 ta ayirishni ham to‘g‘ri bajarsa, unga 5 ball qo‘yiladi. Umumiy ballar yig‘indisi – 0-5 ball. Ballar yig‘indisi qancha past bo‘lsa, uning diqqati shuncha past va tez charchaydigan, deb xulosa chiqariladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc)
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha