BOLA NEGA DUDUQLANADI?
Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. Men shu erda qattiq qo‘rqqandan duduqlana boshlaydigan bolalar haqida ma’lumot bermoqchi edim. Bir yoshda gapira boshlagan bola uch yoshga etmasdan ota-onaning qattiqqo‘lligi, qo‘rqitilishi yoki qorong‘i xonaga qamab qo‘yilishi (tarbiyalash uchun) sababli nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.
Eslatib o‘taman. Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon etkazadigan xatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bolani kim davolaydi? Agar bolada qo‘rqish sababli duduqlanish rivojlangan bo‘lsa, uni pedagog-psixolog va logoped ko‘rikdan o‘tkazadi va davolaydi. Agar bolada nutq buzilishlari bosh miya kasalliklari (oligofreniya, bosh miya jarohatlari va h.k.) sababli rivojlangan bo‘lsa, uni nevropatolog (neyropsixolog) yoki tibbiy psixolog davolaydi. Bu erda ham logoped (defektolog) davolash jarayonida albatta qatnashishi kerak. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni faqat logoped o‘rgata oladi. Bolani maktab yoshiga etmasdan davolash zarur. Aks holda unda boshqa ruhiy jarohatlar rivojlana boshlaydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha