BOLDIRNING KATTA NERVI NEVROPATIYaSI
Etiologiyasi. Boldirning katta nervi (n. tibialis) nevropatiyasi kam uchraydi va ko‘pincha tizza va boldir suyaklari jarohatlarida ro‘y beradi. Shuningdek, n. tibialis tarzal kanal sohasida ham siqilib qolishi mumkin. Bunda tunnel nevropatiya rivojlanadi.
Klinikasi. Nevropatiya oyoqda kuchli og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Oyoq panjasini pastga bukish va ichkariga burish (supinatsiya) ancha mushkul. Barmoqlarni bukish ham qiyinlashadi, axill refleks so‘nadi. Oyoq panjasi tepaga ko‘tarilib, biroz tashqariga buralib qoladi. Ko‘p hollarda kontraktura rivojlanadi va oyoq panjasi pes calcaneus shaklini oladi. Bemor oyoq uchida tik tura olmaydi. Boldirning orqa tomoni va oyoq panjasidagi suyaklararo muskullar atrofiyaga uchraydi. Shu bois, oyoq panjasi qush changaliga o‘xshab qoladi. Boldirning orqa tomoni, oyoq panjasi va barmoqlarning pastki qismida gipesteziya kuzatiladi. Keyinchalik oyoq panjasi tagida vegetativ-trofik rivojlanadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha