Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi BOLDIRNING KIChIK NERVI NEVROPATIYaSI

BOLDIRNING KIChIK NERVI NEVROPATIYaSI


Etiologiyasi. Boldirning kichik nervi (n. peroneus) ko‘p zararlanadigan nervlar sirasiga kiradi. N. peroneus sovuq, toksin, alkogol, ishemiya va avitaminozga juda chidamsiz. Hatto homiladorlik davrida engil bo‘lsa-da, bu nerv nevropatiyasi kuzatilib turadi. Oyoqning ustiga cho‘kkalab o‘tirsa, 10 daqiqa o‘tmay uning uvishib qolishi ham n.peroneus ishemiyasi hisobiga ro‘y beradi. Shu bois, uvishish boldirning tashqi yuzasi bo‘ylab ro‘y beradi. Turli etiologik omillar quymich nerviga ta’sir o‘tkazsa ham ko‘pincha uning peroneal tolalari zararlanadi. tizza bo‘g‘imi va boldir suyaklari jarohatlarida ham ko‘p zararlanadi. N. peroneus dan farqli o‘laroq, n.tibialis bunday ta’sirlarga bardoshlidir.

Klinikasi. Oyoq panjasi osilib qoladi, uni tepaga bukib bo‘lmaydi va barmoqlar orasini ochish qiyinlashadi. Bemor oyoq panjasini tashqariga bura olmaydi, tovoni bilan tik tura olmaydi. Boldirning oldingi yuzasidagi muskullari atrofiyaga uchraydi. Antagonist muskullar faolligi oshganligi sababli oyoq panjasi kontrakturasi paydo bo‘ladi va u pes equinovarus ko‘rinishini oladi. Bemor qadam tashlaganida zararlangan tomonda oyoq panjasini ko‘tarib tashlab yuradi. 

Agar n. peroneus ikkala tomonda ham zararlansa, bemor osilib qolgan oyoq panjalari barmoqlarini erga urib olmaslik uchun oyoqlarini yuqoriga ko‘tarib tashlab yuradi. Uning yurishi xuddi otning qadam tashlashiga o‘xshaydi. Bu yurish “ot yurishi” yoki steppaj deb ataladi. Og‘riqlar va vegetativ buzilishlar deyarli kuzatilmaydi, biroq paresteziyalar kuzatilishi mumkin. Boldirning tashqi yuzasi, oyoq panjasining ustki qismi, 1- va 2-barmoqlarning ichki yuzasi bo‘ylab gipesteziya aniqlanadi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив