Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi BOTULIZMDA POLINEVROPATIYa

BOTULIZMDA POLINEVROPATIYa


Klinikasi. Botulizmda ham dastlab kranial nevropatiya, so‘ngra periferik polinevropatiya rivojlanadi. Kranial nevropatiyalar dastlab ko‘zni harakatlantiruvchi nervlardan boshlanib, tez orada bulbar nervlarga o‘tadi. Botulizmning nevrologik simptomlari difteriyaga o‘xshab tez, ya’ni kasallikning 2–3-kunlari boshlanadi va 1 hafta ichida to‘la shakllanadi. Bu simptomlar periferik nervlar zararlanishi hisobiga emas, balki botulizm toksinining bevosita sinapslarga ta’siri sababli rivojlanadi. Ushbu toksin sinapslarda mediatorlar almashinuvini izdan chiqaradi va buning natijasida impulslarning neyronlardan mushaklarga uzatilishi to‘xtaydi. Shuning uchun ham botulizm sababli rivojlangan falajliklarda reflekslar saqlanib qoladi yoki biroz susayadi, mushaklarda umumiy gipotoniya kuzatiladi. Atrofiya va sezgi buzilishlari bo‘lmaydi. Botulizm klinikasi miasteniya klinikasiga o‘xshab ketadi. Kasallik, ko‘pincha, kranial polinevropatiya bilan to‘xtab qoladi. Likvorda patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Nevrologik funktsiyalarning qayta tiklanishi 3–4 haftagacha davom etadi. Kasallikning og‘ir turlarida undan ham cho‘ziladi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив