Zaxarin-Xed sohalari
Ichki a’zolarda kuzatiladigan og‘riqlar simpatik va parasimpatik yo‘llar orqali vegetativ markazlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, bunday og‘riqlar ichki a’zo joylashgan proektsiyada emas, balki undan chekkaroqda aks etadi. Teridagi ushbu joylarga Zaxarin-Xed sohalari deb aytiladi (12.2-rasm).
Yuqoridagi, ya’ni 12.2-jadvalda ko‘rsatib o‘tganimizdek, umumiy segmentar sezgi bilan vegetativ (simpatik) sezgi innervatsiyasi aksariyat hollarda bir-biriga mos kelmaydi. Nafaqat nevrologiya amaliyotida, balki ichki kasalliklar, shu jumladan psixosomatik buzilishlarda Zaxarin-Xed sohalarini bilish katta diagnostik ahamiyat kasb etadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha