Lakunar insult
Lakunar insult – bosh miyaning mayda tomirlari okklyuziyasi sababli rivojlanadigan insult. «Lakunar insult» atamasi kasallik patofiziologiyasini belgilab bera olmaydi, balki u kichik o‘choqli insult rivojlanganligi haqida ma’lumot beradi, xolos. O‘choqlar hajmi 1-1,5 sm bo‘ladi. Lakunar insultning asosiy sababi – arterial gipertenziya, qandli diabet va kardiogen omillar. AG da mayda tserebral arteriyalar ko‘p zararlanadi, ularning devorlari mo‘rtlashadi, qalinlashadi va destruktsiyaga uchraydi. QD da mikroangiopatiya, yurak kasalliklarida mikroemboliyalar kichik ishemik o‘choqlar sababchisidir. Lakunar insultlar bosh miyani, ayniqsa, uning oq moddasini qon bilan ta’minlovchi mayda arteriyalar zararlanishi bilan bog‘liq. Ko‘pincha, perforant arteriyalar, ya’ni miya to‘qimalarini teshib o‘tuvchi arteriyalar zararlanadi. Shuning uchun ham lakunar insult, asosan, miyaning chuqur tuzilmalari, ya’ni periventrikulyar soha, ekstrapiramidal yadrolar va talamusda, kam hollarda po‘stloqda kuzatiladi. Lakunar insultlar miya ustuni va miyachada kam uchraydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha