Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Lateral (neokortikal) tipdagi chakka epilepsiyasi

Lateral (neokortikal) tipdagi chakka epilepsiyasi


Epileptogen o‘choq chakka bo‘lagining lateral yuzasida joylashsa, lateral tipdagi chakka epilepsiyasi rivojlanadi. Chakka epilepsiyasining ushbu turi mezotemporal epilepsiyaga qaraganda kam uchraydi. Epileptik xurujlar eshituv gallyutsinatsiyalari, bosh aylanish xurujlari, sensor nutq buzilishlari (dominat yarim shar), logorreya, musiqali tovush gallyutsinatsiyalari (subdominant yarim shar) va ba’zida ko‘ruv gallyutsinatsiyalari bilan boshlanadi. Ushbu gallyutsinatsiyalar aura hisoblanadi. Keyin birato‘la hushning xiralashuvi paydo bo‘ladi, biroq aura tipida boshlangan gallyutsinatsiyalar yana davom etaveradi. Shuningdek, qarama-qarshi tomonda boshning bir tomonga qayrilishi, mimik va qo‘l panjasi avtomatizmlari ham vujudga keladi. Chunki, bosh va qo‘lning proektsion sohalari chakka bo‘lagiga yaqin joylashgan. Lateral tipdagi chakka epilepsiyasida ham fokal xurujlarning ikkilamchi-tarqalgan xurujlarga o‘tishi ko‘p uchraydi. Bunda tonik-klonik xurujlar vujudga keladi. EEG da turli chastotali pik-to‘lqinli va sekin-to‘lqinli epileptik faollik aniqlanadi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив