LEYDEN-MEBIUS MIOPATIYaSI
Etiologiyasi va klinikasi. Retsessiv va X-xromosomaga birikkan tipda nasldan-naslga uzatiladi. Kasallik 20-60 yoshlarda boshlanadi. Klinikasi tos va son muskullari atrofiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik elka, kurak va bilak muskullari atrofiyaga uchrab boshlaydi. Zararlangan muskullardan bioptat olganda muskullar distrofiyasi va denervatsion o‘zgarishlar aniqlanadi. EMG da muskullarning birlamchi atrofiyasi aniqlanadi. Kasallik sekin zo‘rayib boruvchi xususiyatga ega.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha