Ventrikulyar gemorragiya
Miya qorinchalariga qon quyilishga ventrikulyar gemorragiya deb aytiladi. Uning birlamchi va ikkilamchi turlari farqlanadi. Birlamchi gemorragiya qonning bevosita miya qorinchasi ichiga qon quyilishi bo‘lsa, ikkilamchi gemorragiya – qonning miya parenximasidan miya qorinchalari ichiga yorib o‘tishidir. Birlamchi ventrikulyar gemorragiya juda kam uchraydi. Ventrikulyar va subaraxnoidal gemorragiyalarni bir-biridan farqlay olish o‘ta muhimdir (jadval).
Jadval
Ventrikulyar va subaraxnoidal gemorragiyalarning qiyosiy belgilari
| Ventrikulyar gemorragiya | Subaraxnoidal qon quyilish |
| Komaning tez rivojlanishi va uzoq saqlanib qolishi Ketma-ket qusish Yurak va nafas olish faoliyatining keskin buzilishi Harakat qo‘zg‘alishlari Pay reflekslari oshishi Gormetonik sindrom Meningeal simptomlar sust ifodalanadi Avtomatlashgan harakatlar, giperkinezlar Himoya reflekslari juda xos Prognoz yomon | Qisqa vaqt hushdan ketish Bir marta qusish Yurak va nafas olish faoliyati, odatda buzilmaydi Psixomotor qo‘zg‘alishlar Pay reflekslari juda pasaygan yoki yo‘qolgan Gormetonik sindrom xos emas Meningeal simptomlar yaqqol ifodalangan Avtomatlashgan harakatlar va gipernikezlar xos emas Himoya reflekslari bo‘lmaydi Prognoz yaxshi |
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Обуна бўлиш
Ва биринчи бўлиб билинг!
Ва биринчи бўлиб билинг!
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha