GNOZISNI TEKShIRISh PROTOKOLI
Sinaluvchi____________________; yoshi____; jinsi____; Sana______
# | Gnozisni tekshirish testlari | Bajarish | ||
To‘g‘ri (0 ball) | Noo‘g‘ri (1 ball) | Bajara olmadi (2 ball) | ||
Optik gnozis | ||||
1 | Narsalar agnoziyasi: -real narsalarni tanish rasmlardagi narsalarni tanish konturli tasvirlarni tanish -Poppelreyter sinamasi
| |||
2 | Prozopognoziya - atrofdagi odamlarni tanish
| |||
3 | Ranglarga agnoziya: -ranglarni ajratish (maxsus etalondan)
| |||
4 | Harflarga agnoziya: -turli shriftlardagi harflarni tanish -teskari yozilgan harflarni tanish -bir-birining ustiga chizilgan harflarni ajratish
| |||
5 | Raqamlarga agnoziya: -arabcha va rimcha raqamlarni tanish -turli shriftlardagi raqamlarni tanish -teskari yozilgan raqamlarni tanish -bir-birining ustiga chizilgan raqamlarni ajratish -usti chizib tashlangan raqamlarni tanish | |||
6 | Simultan agnoziya: -ko‘zoynakni yoki velosipedni chizish -aylana ichiga chizilgan kvadratni ko‘rish -geometrik figuralar ustidan xuddi shunday chizish -matnni to‘g‘ri ko‘chirish | |||
7 | Optik-fazoviy agnoziya: -haqiqiy soatda vaqtni aniqlash -raqamsiz soatlarda vaqtni ko‘rsatish -o‘zi joylashgan palata, oshxonani to‘g‘ri aniqlash -geografik xaritada g‘arb, sharq, janub, shimolni aniqlash -shaharda joylashgan obektlarni to‘g‘ri aytish -geometrik figuralarni (stol, kvadrat, kub, uy) chizish -geometrik figuralarni to‘g‘ri ko‘chirish -palatadagi buyumlarni joylashtirib chizish -chiziqning o‘rtasidan bo‘lish (SOPA) -murakkab figuralarda chap va o‘ngni ajratish (SOPA) | |||
Eshitish gnozisi | ||||
1 | narsalarni (kalit, eshik g‘ichirlashi) ovozidan tanish -musiqani eshitib tanish -stolga to‘qillatishlarni (II-III, I-III-II, III-I-II) aytish va takrorlash | |||
Somotosensor gnozis | ||||
1 | taktil gnozis: qattiq, yumshoq va g‘adir-budir narsalarni paypaslab bilish | |||
2 | stereognoz: narsalarni (kalit, tanga, to‘g‘nog‘ich) paypaslab bilish. Chap qo‘lda, o‘ng qo‘lda | |||
3 | lokalizatsiyani (yuzda, qo‘lda, tanada, oyoqda) aniqlash | |||
4 | diskriminatsiya sezgisini aniqlash | |||
5 | Ferster sinamasi (tanaga chizilgan figuralarni aniqlash) | |||
6 | bir qo‘l holatini ikkinchi qo‘lda ko‘rsatish | |||
7 | o‘zining chap va o‘ng tomonini ko‘rsatish | |||
8 | ro‘paradagi odamning chap va o‘ng tomonini ko‘rsatish | |||
9 | barmoqlarni (1,2,3,4,5) aytib chiqish | |||
10 | tana qismlarini (qo‘li, oyog‘I, boshi) aytib chiqish. Bilmasa – anozognoziya. | |||
11 | tana qismlarini (qo‘li, oyog‘i, boshi) joylashtirib chiqish. Bilmasa – autotopognoziya. | |||
Hidlov gnozisi | ||||
1 | Sinaluvchiga narsalar hidlatiladi va ularning nimaligi so‘raladi | |||
Ta’m bilish gnozisi | ||||
1 | Sinaluvchi tiliga ta’mli narsa tomiziladi va uning nimaligi so‘raladi | |||
Ballar yig‘indisi | ||||
Eslatma: Tekshiruv paytida sinaluvchini shoshirmang, charchatib qo‘ymang va javoblar orasida pauza saqlang, gohida rag‘batlantirib turing. Gnozisni tekshirish 15-20 daqiqadan oshmasin. Topshiriqlar soni ko‘p bo‘lgan punktlarda 2-3 topshiriq to‘g‘ri bajarilsa, qolganlarini tekshirish shart emas |
Tekshiruv xulosasi:
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha