Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Qo‘shiluvchi nerv NEVROPATIYaSI

Qo‘shiluvchi nerv NEVROPATIYaSI


Qo‘shiluvchi nerv (n.accessorius, XI nerv) harakat nervi bo‘lib, uning kranial yadrosi uzunchoq miyaning pastki qismida yotadi va ikki tomonlama kortikal innervatsiyaga ega. Nervning spinal yadrosi S1-S6 segmentlarning oldingi shoxida yotadi va qarama-qarshi yarimshardan bir tomonlama kortikal innervatsiya oladi (6.42 rasm).
pastedGraphic.png
Spinal yadrodan boshlangan tolalar birlashib 6-7 nafar ingichka ildizchani hosil qiladi. Ular orqa miyaning yon tomonidan chiqib XI nervning spinal qismini (pars spinalis) tashkil qiladi. Pars spinalis n. accessorius oldingi va orqa spinal ildizchalar orasida joylashib tepaga ko‘tariladi va foramen occipitale magnum orqali kalla suyagi ichiga kiradi.
Kalla suyagi ichida pars spinalis va pars cranialis o‘zaro qo‘shilib n. accessorius ni hosil qiladi. Shu bois ham uning nomi – qo‘shiluvchi nerv. N. accessorius kalla suyagini foramen jugulare orqali tark etadi. Ushbu nervni innervatsiya qiluvchi markaziy neyron oldingi markaziy pushtaning pastki qismida yotadi.

Qo‘shiluvchi nerv bo‘yintiriq teshikdan chiqib yana ikkiga bo‘linadi: nervning kranial qismi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskulni (m. sternocleidomastoideus), spinal qismi – trapetsiyasimon muskulni (m. trapezius) innervatsiya qiladi. To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskul boshni yon tomonlarga burish va tepaga ko‘tarish vazifasini bajaradi. Trapetsiyasimon muskul vazifalari elkani ko‘tarish va qisish, elka kamarini orqaga tortish hamda kuraklarni umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtirishdir.

Tekshirish usullari
Dastlab bemorning bo‘yin-elka sohasi umumiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. So‘ngra boshni o‘ng va chapga, oldinga va orqaga burish hamda elkalarni ko‘tarish so‘raladi. Bo‘yin muskullari paypaslab tekshiriladi, ularning simmetrikligi, atrofiya va fastsikulyatsiyalar bor-yo‘qligiga e’tibor qaratiladi (6.35 va 6.36 rasmlar).

Izoh: “Qo‘shimcha nerv” iborasini rus tiliga o‘girsa, “dopolnitelnыy nerv” degan ma’noni anglatadi. Rus tilida “dobavochnыy nerv” degan iborani o‘zbek tiliga o‘girsa, “qo‘shmoq, qo‘shilmoq” degan ma’noni beradi. Demak, XI nervni “qo‘shimcha nerv” deb atash noto‘g‘ri. Shuning uchun ham biz XI nervni “qo‘shiluvchi nerv” deb atashni ma’qul topdik. Bu ibora anatomik jihatdan ham to‘g‘ri. Chunki XI nervning kranial va spinal qismlari o‘zaro qo‘shilib, ushbu nervni hosil qiladi. 
pastedGraphic_1.png
pastedGraphic_2.png
6.36-rasm. M. trapezius kuchini aniqlash sinamasi.
6.36-rasm. M. sternocleidomastoideus kuchini aniqlash sinamasi.

Zararlanish simptomlari va topik diagnostikasi
Qo‘shiluvchi nervning periferik falajligi. Uning yadrosi va ildizchalari zararlanganda ro‘y beradi. Simptomlar zararlangan tomonda 
pastedGraphic_3.png
pastedGraphic_4.png
pastedGraphic_5.png
6.36-rasm. Qo‘shimcha nervning zararlanish simptomlari.
Bemorning boshi oldinga
osilib qoladi.
Zararlangan tomonda elka tushib turadi.
Elka osilgan tomonda
barmoqlar biroz chiqib
turadi.
Bunda to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon muskullar falajlanadi, ularda atrofiyalar paydo bo‘ladi. Sinaluvchi boshini tik tutolmaydi, pastga egilib qoladi, uni sog‘lom tomonga burish qiyinlashadi. Shuningdek, zararlangan tomonda elka biroz tushib qoladi, elkani gorizontal sathdan tepaga ko‘tarish mushkullashadi, kurak pastga va chekkaga ketadi. Qo‘lni gorizontal chiziqdan tepaga ko‘tarib bo‘lmaydi (6.46-rasm).
pastedGraphic_6.png
6.37-rasm. Qo‘lni gorizontal chiziqdan tepaga ko‘tarib bo‘lmaydi.

Qo‘shiluvchi nervning markaziy falajligi Ushbu nervga keluvchi kortiko-nuklear yo‘llar zararlanganda ro‘y beradi. Yadroning kranial qismi ikki tomonlama kortikal innervatsiya olganligi bois, to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon muskulning markaziy falajligi kuzatilmaydi. Trapetsiyasimon muskul esa qarama-qarshi tomonda falajlanadi.
    
Ta’sirlanish, ya’ni qo‘zg‘alish simptomlari. Bunday holat po‘stloq markazi hamda uzunchoq miyadagi yadro ta’sirlantirilsa (qo‘zg‘atilsa) ro‘y beradi. Klinik belgilari: bo‘yinning spastik qiyshayishi (tortikollis) yoki boshning qarama-qarshi tomonga buralishi bilan namoyon bo‘luvchi klonik harakatlar, bo‘yin-elka sohasida miokloniya va bosh egib "salom beruvchi" harakatlar.

Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив