Ekstravertlar
Ular juda dilkash, his-tuyg‘ulari tashqariga yo‘nalgan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib yuradigan va odamlar bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘radigan insonlardir. Ular uchun birovlar bilan muloqotda bo‘lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq, tez qo‘zg‘aluvchan, serjahl va jizzaki shaxslardir. Ular kelajakka optimizm bilan qarashadi, o‘ta ishchan va faol bo‘lishadi, lekin sir saqlay olishmayda. O‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi. Jahli chiqsa, tajovuzkor bo‘lib qolishlari mumkin. Jiddiy ishlarga, ayniqsa, uzoq vaqt davom etuvchi ishlarga ularni sherik qilishda ehtiyotkorlik kerak.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha