Epidurit
Epidural yog‘ kletchatkasining yallig‘lanishiga epidurit deb aytiladi. Yiringli va yiringsiz (seroz, fibroz, giperplastik), o‘tkir va surunkali epiduritlar farqlanadi. Ko‘pincha o‘tkir yiringli epiduritni o‘tkir mielit bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi. O‘tkir yiringli epidurit klinikasi o‘tkir mielitga o‘xshab boshlanadi va kechadi. Ularning klinikasi deyarli bir xil. Kasallik radikulyar og‘riqlar, oyoqlarda o‘tkir spastik yoki periferik falajliklar va tos a’zolari funktsiyasining buzilishi bilan kechadi. Umurtqa pog‘onasiga nevrologik bolg‘acha bilan urganda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Spinoadduktor refleks yaqqol chaqiriladi. Ushbu ikkala kasallikni bir-biridan farqlash uchun MRT yoki mielografiya tekshiruvini o‘tkazish zarur. Epiduritga gumon paydo bo‘lgan taqdirda LP o‘tkazish aslo mumkin emas. Chunki buning oqibatida falajlik yanada kuchayishi mumkin. Yiringli epidurit aniqlangan zahoti zudlik bilan xirurgik operatsiya o‘tkaziladi (laminektomiya) va epidural bo‘shliq yiringdan tozalanadi. Operatsiyani kechhiktirish tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha