Epikonus zararlanishi
Epikonus (L4-S2) zararlansa son va boldirning orqa guruh muskullari falajlanadi. Shu bois tos-son va tizza bo‘g‘imida oyoqni orqaga bukib bo‘lmaydi, oyoqni tashqariga rotatsiya qilish qiyinlashadi, oyoq panjasi falajlanadi. Falajliklar ikkala tomonda ham simmetrik tarzda namoyon bo‘ladi. Axill refleksi chaqirilmaydi, tizza refleksi saqlanib qoladi. Zararlangan segment innervatsiya qiladigan dermatomda og‘riq va harorat sezgisi buziladi. Erkaklarda ereksiya so‘nadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha