EShITUV AGNOZIYaSI
Eshituv analizatorining birlamchi maydoni, ya’ni 41-maydon zararlansa, markaziy karlik rivojlanmaydi, chunki eshituv apparatidan kelayotgan signallar ikkala yarim sharda ham qabul qilinadi. Bemor tovushlarning baland-pastligini eshitadi, biroq tovush nimaga taalluqli (suv shildirashi, qo‘ng‘iroq jiringlashi, eshiq g‘ichirlashi) ekanligini anglamaydi. Agar suvni shirillatib oqizib qo‘yib, bemordan bu nimaning tovushi deb so‘ralsa, bu suvning tovushi ekanligini ayta olmaydi.
Shu erda eshituv analizatorining o‘ziga xos xususiyatini aytib o‘tish joiz. Neyropsixologiyada nutq tovushlari va nutqqa aloqador bo‘lmagan tovushlar farqlanadi.
- Nutq tovushlarini analiz va sintez qilish – harflar, so‘zlar va iboralar bilan bog‘liq tovushlar bo‘lib, ular asosida inson o‘zining va o‘zgalar nutqini tahlil qiladi. Bunga chap chakka bo‘lagi javobgar.
- Nutqqa aloqador bo‘lmagan (turli shovqinlar va musiqali tovushlar) – atrof-muhitdagi va inson nutqiga aloqador bo‘lmagan tovushlar. Bunga o‘ng chakka bo‘lagi javobgar.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha