EShITUV ANALIZATORI


Chakka bo‘lagining birlamchi maydoniga (proektsion soha) 41-maydon (Geshl pushtasi) kiradi.. Geshl pushtasi yuqori chakka pushtasining tagida joylashgan va tashqaridan ko‘rinmaydi. XX asrning 60-yillarida olimlar ushbu pushtani elektrod yordamida ta’sirlantirishganda “Bemor qulog‘imga turli xil tovushlar eshitilyapti” deb aytgan. Aslida unga hech qanday tovush bilan ta’sir ko‘rsatilmagan. Shunda olimlar “Miyaning bu qismida tovushlarni qabul qiluvchi dastlabki neyronlar joylashgan ekan” degan fikrga kelishgan va bu joyni birlamchi eshituv maydoni deb atashgan.  Tovushlardan so‘zlar va iboralar yasovchi maydonlar yuqori chakka pushtasida 22 va 42-maydonda joylashgan. Demak, bu erda eshituv analizatori joylashgan. Bu yerni akustik-gnostik markaz, ya’ni Vernike markazi deb ham atashadi. Bu soha zararlansa, sensor afaziya rivojlanadi.  

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
              ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc





Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив