Disforiya


Disforiya – tushkun kayfiyat bo‘lib, ortiqcha jizzakilik, badjahllik, arzimagan narsaga xafa bo‘lish va atrofdagilarni yoqtirmaslik bilan namoyon bo‘ladigan patologik holat. Disforiyada sal narsaga hissiy portlash va agressiv xatti-harakatlar ko‘p kuzatiladi. Bunday shaxs badqovoq bo‘lib, ota-onasi yoki aka-ukalariga “Sizlar meni yomon ko‘rasizlar, yoqtirmaysizlar”, deb ulardan bir necha kunlab arazlab yuradi. Agar yaxshi bir vaziyatda uning kayfiyati ko‘tarilib qolsa, bu ham bir-ikki kundan oshmaydi, u yana nimadandir arazlab, disforiya holatiga tushadi, haftalab uydagilar bilan gaplashmay yuradi. Gipotimiyadan farqli o‘laroq, disforiyada jismoniy faollik sustlashmagan bo‘ladi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc)




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив