DISTIMIYa
F34.0 Distimiya. Distimiya kayfiyatning turg‘un buzilishi bo‘lib, ikki yildan oshiq davom etadi va depressiyaga o‘xshab og‘ir kechmaydi. Distimiya ko‘pincha o‘smirlik davrida boshlanadi, biroq involyutsion distimiyalar ham farq qilinadi. Distimiya uchun quyidagi belgilar xos: 1) ishtaha pasayib ketishi yoki keragidan ortiq ovqat eb yuborish; 2) o‘ziga nisbatan ishonchning yo‘qolishi; 3) uyqusizlik yoki hadeb uxlayverish; 4) umumiy quvvat va ishchanlikning so‘nishi; 5) fikrini bir joyga jamlay olmaslik; 6) ozgina tanbeh eshitsa, ko‘zi yoshlanishi; 7) yosh bo‘lsa-da seksual hayotga qiziqmaslik va undan qoniqmaslik; 8) kundalik yumushlarni oxiriga etkaza olmay to‘xtatib qo‘yish; 9) pessimizm; 10) yoqimsiz voqealarni eslab xayolga botib yurish; 11) odamlarga qo‘shilmay yolg‘izlikni ma’qul ko‘rish, jamiyatdan qochish; 12) kamgaplik; 13) psixologik stuporga tushib turish.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha