Distimik shaxs


Bu toifaga kiruvchi odamlar o‘zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o‘ta bosiq bo‘lib, tushkun kayfiyatdagi odamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo‘lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, o‘z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o‘tirishni xush ko‘rishadi. Bunday odamlar ko‘cha-ko‘yga chiqmay, uyda o‘tirishni afzal ko‘rishadi, g‘ala-g‘ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, yolg‘izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni o‘troq hayot kechiruvchilar deb atash mumkin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qilishadi, ularga bo‘ysunishga ham tayyor turishadi, haqqoniy do‘stlikning qadriga etishadi. To‘g‘rilik va haqiqatgo‘ylikka intilishadi, biroq o‘z fikrini bayon qilishda ancha sust bo‘lishadi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
             ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив