Dental pleksalgiya
Dental pleksalgiya – yuqori va pastki jag‘larning nerv chigallari ta’sirlantirilganda kuzatiladigan og‘riqlar. Dental pleksalgiyaning asosiy sabablari – bular yuqori va pastki jag‘ tishlarida o‘tkazilgan stomatologik muolajalar. Og‘riqlar vegetativ simptomlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi, chunki bu erdagi nerv chigallari vegetativ gangliyalar bilan chambarchas bog‘langan. Dental pleksalgiyada yuz sohasida og‘riqlar va dizesteziyalar bo‘lsa-da, obektiv nevrologik simptomlar (gipesteziya, giperesteziya) kuzatilmaydi. Dental pleksalgiyalar, odatda, oylab davom etadi, ba’zida bir yildan oshadi. Uzoq davom etuvchi og‘riqlar reaktiv nevrotik buzilishlarga olib keladi. Bemorni tinchlantirish va bu belgilarning vaqtinchalik ekanligiga ularni ishontirish o‘ta muhim. Agarda vrach buni uddalay olsa, kasallik belgilari 1–2 oy ichida o‘tib ketadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha