Depersonalizatsiya


Depersonalizatsiya (shaxs parchalanishi) – o‘z shaxsini idrok etishning  buzilishi bilan namoyon bo‘luvchi patologik holat. Bemorga o‘zining qo‘l-oyoqlari katta yoki kichikdek, egri-bugridek, yuz-ko‘zlari noto‘g‘ri shakldagidek, ba’zan qo‘llari o‘ziniki emas, birovnikidek tuyuladi. Bemorga tanasi ikki qismga bo‘linib, bir-biridan alohida harakat qilayotgandek seziladi. 
Depersonalizatsiya shizofreniya, organik psixozlar va bosh miya o‘ng yarim shari zararlanishlari uchun xos. Chunki bosh miyaning o‘ng yarim shari o‘z tanasini anglash uchun ham javob beradi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив